“Yuventus” A Seriyada “Kalyari”ning tarixiy rekordini takrorlashiga bitta o'yin qoldi
08 jan 2023 08:20
Yangiliklar
“Yuventus” A Seriyada “Kalyari”ning tarixiy rekordini takrorlashiga bitta o'yin qoldi
Italiya chempionati 17-turida “Yuventus” uyda “Udinezeni qabul qildi va 1:0 hisobida zafar quchdi.
Turinliklar joriy mavsum A Seriyada 12-o'yinni “quruq” o'tkazdi. Bu musobaqa tarixidagi 2-ko'rsatkich hisoblanadi. Bu borada rekord esa 1966/67 yilgi mavsum “Kalyari” tomonidan qayd etilgan. Ular 13 ta bahsda darvoza dahlsizligini saqlab qolishgandi.
Massimiliano Allegri shogirdlari ushbu muvaffaqiyatdan keyin ochkolari sonini 37 taga etkazib, turnir jadvalida 2-o'ringa ko'tarildi. Jamoani oldinda 13 yanvar kuni peshqadam “Napoli”ga qarshi jiddiy bahs kutmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar