"Yuve" – bu men uchun "Real"
18 okt 2024 15:52
Yangiliklar
"Yuve" – bu men uchun "Real"
"Yuventus" klubi himoyachisi Andrea Kambyazo "Real" tomonidan bo'layotgan qiziqishlarga munosabat bildirdi.
Oldinroq Madrid klubi "Yuventus"ning 24 yoshli himoyachisini keyingi yil yozida o'z safiga qo'shib olmoqchi ekani haqida xabarlar chiqqandi.
"Menga "Real"dek klub qiziqayotganing o'zi katta gap. Bu yoqimli va sharafli.
Ammo men hech qanday taklif olmadim. Har qanday holatda ham, "Yuve" – bu men uchun "Real".
U Italiya futboli bayroqdori, ikkinchi oila va faoliyatimning burilish nuqtasi", – dedi Andrea Kambyazo Corriere dello Sport nashriga bergan intervyusida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar