So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  6 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  4 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  76 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  4 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

Yuriy Lukin: "Mutaxassis sifatida fikrim: “Buxoro” oliy ligada qoladi" Yangiliklar

Yuriy Lukin: "Mutaxassis sifatida fikrim: “Buxoro” oliy ligada qoladi"

“Buxoro” - “Qizilqum” (0:1) uchrashuvidan so'ng tashkillashtirilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Yuriy Lukin ishtirok etdi.
“Bugun  shunday o'yin edi-ki,har ikkala jamoaga ham uch ochko juda zarur edi.SHu sababli o'yin ancha asabiy tarzda kechdi. Har ikkala jamoa futbolchilari bor kuchlarini berib o'ynashdi”-deb gap boshladi Yuriy Lukin.

Bugun bizda muammolar bor edi, darvozabonimiz uch kun oldin jiddiy jarohat olgan edi va uni o'rnini to'ldiradigan darvozabon yo'q edi, shu sababli u bungun deyarli bitta oyoqda o'ynadi. O'yin so'nggi daqiqasida ko'rdingizlar,juda ko'p marotaba unga shifokorlar tibbiy yordam ko'rsatib turishdi. U hech qanaqasiga vaqtni cho'zgani yo'q, jarohati ancha jiddiy edi. Bundan tashqari barcha uchta o'zgarish qilganimiz majburiy o'zgarishlar edi. SHu sababli o'yinimiz chiqmay qoldi.

“Buxoro” jamoasi ham juda ajoyib o'yin namoish qildi, faqatgina omad yuz o'girgani tufayli ularning yakunlovchi zarbalari chiqmadi va  ular bugun o'z niyatlariga eta olishmadi. Bundan tashqari,mezbonlar butun jamoa bo'lib hujum qilishdi, hujumdan boshqasini o'ylashmadi va natijada shoshma-shosharlik bilan fakat jarima maydonchamizga to'p oshirish bilan ovora bo'lishdi,bunday vaziyatda himoyachilarning to'pni tepib chiqarib hujumni to'xtatish osonroq bo'ladi va shunday ham bo'ldi.

- Siz mutaxasis sifatida,”Buxoro”ning oliy ligada qolish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Men o'ylashimcha hammasi “Buxoro” uchun ijobiy yakunlanadi. Hali 4 ta o'yin bor, bundan tashqari “Paxtakor” bilan zahirada o'yin turibti,”Olmaliq”ni qabul qilasizlar va safarda “Mashal” bilan o'yinlarda o'ylaymanki “Buxoro” kerakli natijalarni ko'lga kiritadi. Hozirgi kunda “Mashal”da motivaciya yo'q, u jamoa egallab turgan o'rnini ancha mustahkamlab bo'lgan va endi sal shashtlari tushgan holda chempionatni yakunlab ko'yishadi, shu sababli “Buxoro” o'sha uchrashuvdan ochko ishlab olsa bo'ladi. Mening mutaxassis sifatida fikrim “Buxoro” oliy ligada qoladi!

Men yana qo'shimcha qilib aytmoqchiman,”Buxoro” jamoasiga va buxoroliklarga tilagim bor edi. ”Buxoro”ning chempionat yakunida kerakli ochkolarini jamg'ara olishini va ligada qolishini juda xoxlayman va tilab qolaman. Buxoro shahri va jamoasi men uchun begona emas. Men bu erda 3-4 yil sobiq va shonli “Nurafshon” jamoasida to'p suragnman. Men aynan “Nurafshon”day jamoaning libosini kiyganim va ushbu juda ham ajoyib jamoa sharafini himoya qilganimdan xursandman va g'ururlanaman bundan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика