So’nggi yangiliklar

14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 14:07U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон – Фаластин. Таркиблар маълум  6 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  1 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3 12:45Эшитдик-да! "Бунёдкор" "Олимпия" стадионида ўйнайди  8 12:21"Истиқлол" бош мураббийи Ашурматов ва Машариповнинг жароҳати ҳақида тўхталди  1 11:52Жанни Инфантино: "Шавкат Мирзиёевнинг футболга бўлган муҳаббати сўнгги икки йил ичида янада кучайганини кўриб хурсанд бўлдим"  4 11:25Эронлик эксперт: "Юсуфи майдондан тўғри четлатилди, Алижонов ва пенальти бўйича қарор ҳам ўринли, бироқ..."  33 10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  5 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  9 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  5 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  13 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  3 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  3

Yurgen Kloppni Dohadagi mehmonxona restoraniga akkreditaciyasiz kiritishmadi Yangiliklar

Yurgen Kloppni Dohadagi mehmonxona restoraniga akkreditaciyasiz kiritishmadi

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Ritc-Karl" mehmonxonasining restoraniga kiritilmagani haqida gapirdi.

Bu haqda taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'z telegram kanalida yozib qoldirdi va ushbu holatga izoh bildirdi.

- Liftdan chiqdim va o'ng tomonga burildim, shunda bir qo'riqchi meni to'xtatdi. Men unga libosimdagi klub emblemasini ko'rsatdim va u libosimga qaradi va menga: "Ruxsatnoma!" dedi. Hammamizni tanib olishlari uchun akkreditaciya taqib olishimiz kerak. Men esa unga: "okey, kechirasiz" dedim va o'z xonamga qarab ketdim. Bu katta mehmonxona, ammo akkreditaciyamni olishim uchun xonamga qaytib keldim. Bu uning emas, mening xatoim edi. Biz boshqalarning diqqat markazida turamiz deb o'ylaymiz, ammo bunday emas. Dunyoda boshqa narsalar muhim bo'lgan ko'p joylar bor va biz hozir futbol o'ynayapmiz, - degan Klopp.

Kloppning fikriga qo'shilmaslikka izn bering, "Liverpul" hozir Dohaning diqqat markazida va shu sababdan mehmonxona, mashg'ulot maydonchasi va hatto stadionda ham xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Hatto Kloppning o'zi nonushtaga akkreditaciyasiz qabul qilinmaganligi ham xavfsizlik choralarining jiddiyligini anglatadi. Ammo, shunga qaramay Kloppning o'ziga hurmat ko'rsatish kerak, u yo'l-yo'lakay barcha sovrin va mukofotlarini eslab akkreditaciyasiz o'tkazib yuborishlarini talab qilmadi. Hamma uchun eng yaxshi namuna.

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика