Yurgen Klopp Vircni himoya qilib chiqdi
14 okt 11:28
Yangiliklar


Yurgen Klopp Vircni himoya qilib chiqdi
"Liverpul" sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp shu yozda 125 million evro evaziga "Bayer"dan ingliz klubiga o'tgan germaniyalik yarim himoyachi Florian Vircning o'yiniga izoh berdi.
"Men Florian haqida qayg'urishim shart emas, u haqiqatan ham ajoyib futbolchi. Hammasi joyida va buni hamma tushunadi. Uning atrofidagi munozaralar haddan tashqari bo'rttirilmoqda.
Florian — 100 yilda bir marta paydo bo'ladigan istedod. Bir kun kelib u Leverkuzenda bo'lgani kabi har bir o'yinda buni yana ko'rsatadi. U haqida tashvishlanishni bas qiling", – dedi Klopp.
Eslatib o'tamiz, Virc Angliya Premer-ligasining 7 o'yinida na gol urdi, na golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar