MYUni sotib olishga davogar tadbirkor klubga "Oltin to'p" sohibini olib kelmoqchi
13 okt 19:13
Yangiliklar
MYUni sotib olishga davogar tadbirkor klubga "Oltin to'p" sohibini olib kelmoqchi
Finlyandiyalik biznesmen Tomas Zilliakus Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi uchun yangi taklif tayyorlamoqda.
U avvalroq 2023 yilda MYUni sotib olishga uringan, biroq uning taklifi juda kech kelgani oqibatida Jim Retkliff 30 foiz akciyani sotib olib ulgurgandi.
Endi Gleyzerlar oilasi foydali takliflarga ochiqligi haqidagi mish-mishlar fonida Zilliacus klub uchun kurashga qayta kirishga tayyor.
Finlyandiyalik magnat allaqachon "Yunayted"ni inqirozdan olib chiqish strategiyasini ishlab chiqmoqda. Zilliakus bir necha eng yaxshi o'yinchilar bilan shartnoma imzolamoqchi va u 2025 yilgi "Oltin to'p" sohibi Usmon Dembele atrofida jamoa tuzmoqchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЖЧ-2026га қуръа ташланди. Барча гуруҳлар маълум!
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Плей-офф: "Қўқон-1912" ва "Машъал" Суперлигада қолди
ЖЧ-2026. Ўзбекистон K гуруҳида: Роналду Ўзбекистонга қарши!
Fikrlar