Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi va murabbiyining ishiga baho berdi
13 okt 08:20
Yangiliklar
Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi va murabbiyining ishiga baho berdi
"Liverpul"ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Germaniya terma jamoasining o'yinlari va bosh murabbiy Yulian Nagelsmann faoliyati haqida fikr bildirdi.
"Men ishonaman, Germaniya terma jamoasida hammasi yaxshi bo'ladi! Yulian — juda istedodli murabbiy, bizda esa juda kuchli futbolchilar bor", — deb Kloppning so'zlarini N-TV keltiradi.
Eslatib o'tamiz, Germaniya terma jamoasi keyingi uchrashuvini bugun, 13 oktyabr kuni, 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichining to'rtinchi turi doirasida Shimoliy Irlandiya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Ushbu bellashuv Belfast shahrida bo'lib o'tadi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЖЧ-2026га қуръа ташланди. Барча гуруҳлар маълум!
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Плей-офф: "Қўқон-1912" ва "Машъал" Суперлигада қолди
ЖЧ-2026. Ўзбекистон K гуруҳида: Роналду Ўзбекистонга қарши!
Fikrlar