Emiliano Martines: "O'zbekistonga qarshi boshqa poziciyada o'ynaganimga qaramay, o'zimni yaxshi his qildim"
14 okt 16:56
Yangiliklar
Emiliano Martines: "O'zbekistonga qarshi boshqa poziciyada o'ynaganimga qaramay, o'zimni yaxshi his qildim"
Urugvay terma jamoasi yarim himoyachisi Emiliano Martines O'zbekiston ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:1) o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin amaliyotiga ega bo'lish har doim muhim ahamiyat kasb etadi. Maydonga tushganimdan va jamoamizning o'yinidan juda mamnunman.
Menga o'z poziciyamdan boshqa nuqtada o'ynash imkoniyati berildi, lekin o'zimni yaxshi his qildim, buni bosh murabbiy ham takidladi. U menga imkon qadar yaxshi o'ynashim uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi.
Ikki o'rtoqlik o'yinini yaxshi taassurotlar bilan yakunladik, bu erga aynan shuni maqsad qilib kelgan edik. Biz shu yo'ldan davom etishimiz kerak. Barchamiz juda xursandmiz va har birimiz Jahon chempionatida o'z o'rnimizga ega bo'lishga intilyapmiz", – dedi 26 yoshli futbolchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
Fikrlar