"Arsenal", "Manchester Siti" va "Real" germaniyalik himoyachiga qiziqmoqda
14 okt 13:30
Yangiliklar


"Arsenal", "Manchester Siti" va "Real" germaniyalik himoyachiga qiziqmoqda
Evropa grandlari Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasi himoyachisi Nataniel Braunga qiziqish bildirmoqda.
Bu haqda "Bild" xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, nemis klubi 22 yoshli germaniyalik uchun transfer takliflarini 2026 yilning yoziga qadar ko'rib chiqmaydi. 2025 yilning fevralida futbolchining shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar uzaytirilgandi.
Braun 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 8 o'yinda 1 ta to'p kiritdi va 2 ta golli pas uzatdi.
Transfermarkt uning transfer qiymatini 22 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar