So’nggi yangiliklar

01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  1 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  3 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  52 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  30 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  109 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  697 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  6 19:30Рауль мавсум охирида "Кастилья"дан кетади  0

"Yozyovon" - "Nurafshon" uchrashuvidan keyingi fikrlar Yangiliklar

"Yozyovon" - "Nurafshon" uchrashuvidan keyingi fikrlar

PRO-Liga 13-turidan o'rin olgan “Yozyovon”- “Nurafshon” (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vohid Xolboev o'z fikr va mulohazalarini bildirdi.

- Vohid aka, bugun juda qiziqarli va muxlislarbop uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv haqida nimalar deya olasiz?
- Bugungi uchrashuv qiyin bo'lishi kutilgandi. Yozyovon jamoasi yaxshi shakllangan, o'z maydonida bo'lib o'tadigan uchrashuvlarda ajoyib natijalar qayd etmoqda. Futbolda maydon ham muhim ahamiyat kasb etadi. “Yozyovon” jamoasi bilan o'z maydonimizda o'tkazilgan uchrashuvdan kelib chiqib xulosa qiladigan bo'lsak, bu jamoa futbol o'ynashni biladi.

“Yozyovon” jamoasining ustun jihatlaridan biri bu – muxlislardir. Yozyovonda futbolsevar muxlislar ko'p, bu jamoani ilgaridan bilaman. Bugun o'yingohda muxlislar jamoani butun uchrashuv davomida qo'llab-quvvatlab turishdi. Men uchrashuv oldidan jamoamiz futbolchilariga aytdim, biz uchun qiyin o'yin bo'ladi, guruhda peshqadam ekanligmizdan kelib chiqib o'ynanglar, shuncha muxlis bor, ular raqib jamoani qo'llab-quvvatlaydi, shu orqali biz safardagi uchrashuvlarga yanada ko'proq tayyor bo'lamiz, chiroyli o'ynasak, muxlislar ham bizdan xursand bo'ladi deb aytdim. Bu maydon haqida avvalda bilaman, nima ham derdik, vaziyatdan kelib chiqib uchrashuv o'tkazdik.

Uchrashuv davomida ko'rdingiz, birinchi taymda gol o'tkazdik, kutilmagan vaziyatda mezbonlar futbolchisi tepgan to'p yuqoridan kelib, darvozamizga tushib qoldi, darvozabonimiz joy tanlashda adashdi. Keyinroq u 11 metrlik jarima to'pini qaytarib, aybini yuvdi. Futbodda darvozabon nimaga kerak? Albatta darvozabon yarim jamoa. Darvozabon mahorati futbolda juda muhim.

Mana hozir bir kuchli raqibimizdan o'tib oldik, g'alaba qozonmasak ham safardan ochko bilan qaytayapmiz. Keyingi turda o'z maydonimizda G'ijduvonni qabul qilamiz. Bizning harakatimiz va maqsadimiz birinchi davrani birinchi o'rinda yakunlash. Mavsum boshida bizga bunaqa vazifalar qo'yilmagandi, lekin biz harakat qildik, jamani yig'dik, mana ko'rib turibsiz, natijalarimiz chakki emas. Bilasizlar, ilgari ham “Birinchi liga”da ishlaganman. Men jamoani shundan kelib chiqib shakllantirdim, agar o'zimiz sabab bo'lib, o'yinni raqiblarga topshirib qo'ymasak, bizni jamoani kuch bilan engish qiyin.

 Bugun raqiblarimiz imkon boricha bizga qarshi harakat qildi, lekin o'yin borasida biz ustunlik qildik deb o'ylayman. Bizda ketma ket imkoniyatlar, SHotursunovning ikki marta birga bir chiqishi kabi vaziyatlar bo'ldi. Alohida takidlardim, bugun “Yozyovon” jamoasi darvozaboni ajoyib o'yin namoyish etdi. SHuningdek raqiblarmizda jamoa sardori, 7-raqamli futbolchi Zoxid Ismoilov yaxshi o'ynadi.
Mani fikrimcha, bizga eng yaxshi xolat-raqiblaramizning 9-raqamli futbolchisi chiqib ketganligi bo'ldi. SHundan so'ng to'pni egallab turish bo'yicha ustunlik biz tomonga o'tdi. Raqiblarimiz oldinga o'tishga qiynalishdi. Biz maydon markazini egalladik va o'zimiz tuzgan taktikaga asoslanib o'ynadik, agar vaziyatlardan foydalanganimizda albatta g'alaba qozonardik.

“Yozyovon” jamoasi murabbiylariga, futbolchilariga, umuman bu jamoani barcha mutasaddilariga omad tilayman. Ramazon oyi bo'lsada uchrashuvga tashrif buyurgan barcha muxlislarga omad tilayman. Futbolni muxlislar uchun o'ynaymiz. Agar “Yozyovon” klubi futbolchilarga, maydonga etibor qaratib turishsa, o'ylaymanki bu jamoani o'z uyida engib bo'lmaydi. Farg'ona futbolida iqtidorlar ko'p. Barchaga, futbolchilarga, muxlislarga va boshqa tashkilotchilarga rahmat!    


O'yindan so'ng mezbonlar darvozaboni Muhriddin Ahmedov “championat.asia” saytiga intervyu berdi.


- Muhriddin, bugun ajoyib uchrashuv o'tkazdingiz, buni uchrashuv yakunida muxlislar sizni alohida olqishlaganlaridan ham sezish mumkin. Uchrashuv haqidagi fiklaringiz...
- Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. “Nurafshon” jamoasi guruhimizda birinchi o'rinda borayapti, bu jamoa bizni maydonga g'alaba uchun kelgani aniq. Futbolda imkniyatlar bo'ldimi, foydalanish kerak, aks xolda g'alab qozonib bo'lmaydi. Biz 11 metrlik zarbadan foydalana olmadik, ular foydalanishdi.
Futbolda omad muhim ahamiyat kasb etishini bugungi uchrashuv ko'rsatib berdi deb o'ylayman. Jamoamiz muxlislariga alohida rahmat aytaman, uchrashuvda kelib, bizni qo'llab-quvvatlab turganliklari uchun ulardan minnatdormiz. To'g'risini aytsam, PRO-Ligada bizniki kabi jokuyar muxlislarni ko'rmadim. SHu sababdan biz muxlislarimizni har bir uchrashuvda xursand qilishga harakat qilamiz.  
           

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика