So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

"Yozyovon", "Norin", "Xorazm" va "Xotira-79" klublari o'yinlarga qo'yilmasligi mumkin Yangiliklar

"Yozyovon", "Norin", "Xorazm" va "Xotira-79" klublari o'yinlarga qo'yilmasligi mumkin

Teglar :  PRO-liga
O'zbekiston Professional futbol ligasi o'z futbolchilari oldida qarzdor bo'lib qolgan klublar bilan jiddiy ish olib borayotgani malum.

Bundan tashqari klublar o'z zimmalaridagi boshqa qarzdorliklarni ham bartaraf etgan bo'lishlari lozim.

Avgust oyi kelgan bo'lsa-da, ayrim klublar qarzdorlik masalasini yopganicha yo'q. SHundan kelib chiqib, Farg'onaning “Yozyovon” hamda Namanganning “Norin” futbol klublari 4—5 avgust kunlari o'z o'yinlarini o'tkaza olmasliklari katta ehtimol. “Norin” 4 avgust kuni o'z uyida “Dinamo”ni qabul qilishi, ertasiga esa “Yozyovon” maydonida “Xotira-79” mehmon bo'lishi kerak edi.

Mazkur klublar butun iyul oyida deyarli hech qanday ish bajarganicha yo'q. O'yinga ikki kun vaqt qolganida esa klub vakillari harakatga keldi. Agar uchrashuv startiga qadar vaziyat ijobiy tomonga o'zgarmasa, PFL komissarlari mezbonlarga texnik mag'lubiyat yozadi. Bu hol ikkinchi bor takrorlansa, klublar Pro-Liga o'yinlaridan chetlashtiriladi.

“Xorazm” klubi rahbariyati transfer oynasi vaqtida qarzdorliklar yuzasidan ish olib borgan bo'lib, 5 avgustga qadar bu ishni yakunlash bo'yicha kafolat xati taqdim etgandi. Klub o'z vadasida turmasa, 9 avgust kuni “Orol”ga qarshi uchrashuvni o'tkaza olmaydi.

Xuddi shunday kafolat xati “Xotira-79” futbol klubida ham bor. Jamoa rahbariyati o'z gardaniga masuliyatni his qilmasa, mazkur klubni ham yuqoridagi kabi taqdir kutib turibdi.  

Professional futbol ligasi klublar o'zini o'nglab olishi uchun etarlicha vaqt berdi. Bundan buyog'iga talab qatiy bo'ladi. O'z muammolari atrofida o'ralashib qolayotgan klublar 2019 yildan boshlab faoliyatini formati o'zgarayotgan ikkinchi ligada davom ettirishi mumkin bo'ladi.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика