So’nggi yangiliklar

17:06Йўлдошев, Ресан, Эркинов, Педро, Кожо... Суперлига 20-тур рамзий терма жамоаси  0 17:02Про лига. "Олимпик" "Олимпик-MobiUz" билан ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)   0 17:00“Трастбанк” ходимлари ўртасида “Спартакиада – 2025” спорт мусобақалари ўтказилди  0 16:44Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"да йўқотишлар мавжуд  0 16:18"Футбол олами". "Пахтакор" "Андижон"ни тор-мор этди, "Нефтчи"да йирик ҳисобдаги ғалаба, "Навбаҳор"да жанговар дуранг  0 16:08Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади?  5 15:50Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади  54 15:30"Реал" "Олтин тўп"га даъвогар футболчини сотиб олиши мумкин  2 15:05Бекзод Маматқулов: "2026 йилдан барча футзал клублари алоҳида юридик ташкилотга айланади. Энди футбол клубларига оғирлиги тушмайди. Роналдиньо билан келишиб олгандик, лекин..."   2 14:36"Ливерпуль" билан ўйин олдидан "Арсенал" мухлислари учун нохуш хабар  4 14:16Ўзбекистон Кубогида қайси жамоа ғолиб чиқади? Сунъий интеллект жавоб берди  12 13:49Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди  12 13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  3 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  12

“Yozyovon-Lochinlari” - “Iftixor”: Farg'ona viloyati derbisi haqida Yangiliklar

“Yozyovon-Lochinlari” - “Iftixor”: Farg'ona viloyati derbisi haqida

Pro-Liganing 33-turida “Yozyovon-Lochinlari” jamoasi o'z maydonida O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi vasiyligidagi “Iftixor” jamoasini qabul qildi.

                                 

Uchrashuvga tayyorgarlik
Farg'ona viloyati derbilari qaysi chempionatda bo'lsin, shiddatli, bellashuvlarga boy tarzda kechadi. Buni yaxshi anglab turgan Yozyovon tumanining “Yozyovon-Lochinlari” va O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi vasiyligidagi Oltiariq tumanining “Iftixor” klublari Pro-Liga 33-turiga alohida yondashuv bilan tayyorgarlik ko'rdilar. Har ikki jamoa matbuot xizmati mazkur derbiga tayyorgarlik va uning qanchalik ahamiyatli ekanligi haqida internet sahifalarida ko'plab malumotlar berib borishdi. SHuningdek uchrashuvga jamoalarning tayyorgarliklari ham doimgidan o'zgacha, yuqori saviyada tashkil etildi.


                               

Birinchi bo'lim haqida
Uchrashuvning birinchi bo'limi dastlabki daqiqalaridanoq har ikki jamoa vakillari hujumkor o'yin namoyish eta boshladilar. Ilk daqiqalardan shiddatli o'yin ko'rsatayotgan mehmonlar uchrashuvning 9-daqiqasiga kelib, mezbonlar darvozasi yaqinida jarima zarbasi tepish huquqiga ega bo'ldilar. Tajribali futbolchi Akmal Xolmatovning jarimadan yo'llagan zarbasi dastlab mezbonlar himoyachisiga tegdi va o'z yo'nalishini o'zgartirib, xavfli ko'rinish hosil qildi.  Ushbu vaziyatda Akmal Xolmatovning jarima zarbasini  qay darajada yo'llay olishi haqida etarli malumotga ega bo'lgan yozyovonliklar posboni Jasur Abdullaev o'z hushyorligini namoyish etib, to'pni egallab oldi. SHundan so'ng mezbonlar raqib darvozasini ishg'ol etish uchun ketma-ket hujumlar uyushtirilar. Birinchi bo'limning 15-daqiqasida mezbonlarning 8-raqamli futbolchisi Alisher Fayzullaev chamasi 35 metrlardan raqib darvozasi tomon kuchli zarba yo'lladi, biroq uning zarbasi bir oz noaniq ko'rinish hosil qildi. Birinchi bo'limning 15-daqiqasida yozvonliklar tarkibida majburiy o'zgarish yuz berdi, endigina jarohatidan forig' bo'lib maydonga qaytgan Bunyodbek Abdumannonov oyog'ida og'riq sezgani tufayli uning o'rniga 70-raqamda Abdulaziz Jo'raboev tushirildi.    

Birinchi bo'limning 17-daqiqasiga kelib, mezbonlar futbolchisi SHaxbozbek Abduraimov “Iftixor”darvozasiga gol kiritgandi, biroq yon hakam o'yindan tashqari xolatni qayd etib, golni inobatga olmadi. SHundang so'ng dastlab yozvonliklar sardori Zohid Ismoilovda, mezbonlarning 17-raqamli futbolchisi Maqsadbek Ibragimovlarda juda qulay imkoniyat yuzaga kelgandi, lekin ushbu vaziyatlarda ular tomonidan yo'llangan zarbalarga aniqlik etishmadi. SHuni alohida takidlash joizki, mazkur vaziyatda Maqsadbek Ibragimov raqibning bo'sh qolgan darvozasiga to'pni aniq yo'llay olmadi. Qiziqarli kechayotgan bellashuvning birinchi bo'limida jamoalarda gol kiritish uchun ko'plab imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, darvozalar ishg'ol etilmadi. Birinchi bo'lim shu tariqa 0:0 hisobida yakuniga etdi.


                                           

Ikkinchi bo'lim haqida          
Ikkinchi bo'lim boshidanoq jamoalar hujumkorlikni yanada oshirdilar. Farg'ona viloyat derbisini maydondan kuzatish uchun kelgan muxlislar nihoyat ikkinchi bo'lim boshida, aniqrog'i uchrashuvning 47-daqiqasida gol ko'rishga muvaffaq bo'ldilar. “Yozyovon-Lochinlari” sardori Zohidbek Ismoilov to'purarlik salohiyatni namoyish etib, jamoasini oldinga olib chiqdi, 1:0. Goldan ruhlangan yozyovonliklar yana oldinga tashlanishdi. Mezbonlarning hujumga berilib ketganligidan qarshi hujumda unumli foydalangan “Iftixor” futbolchilari hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldilar. Mehmonlar futbolchisi SHuhrat O'rinboevning raqib darvozasi tomon yo'llagan aniq zarbasi evaziga hisob tenglashdi, 1:1.

Ikkinchi bo'limda o'yinning ahamiyatini his etib turgan mezbonlar butun jamoa bo'lib ko'plab hujumlar tashkil etishdi. Bir necha bor tepilgan burchak to'plari, jarima zarbalari yozyovonliklarga naf keltirmadi. Aksincha uchrashuvning 86-daqiqasida kelib mehmonlarning tajribali futbolchisi Akmal Xolmatov, mezbonlar darvozasini ishg'ol etib, o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi, 1:2.

SHundan so'ng mezbonlar, “Yozyovon-Lochinlari” futbolchilari hisobni tenglashtirish uchun ketma-ket hujumlar tashkil etgan bo'lsalarda, naf keltirmadi. Uchrashuv shu tariqa mehmonlarning 1:2 hisobidagi g'alabasi bilan tamomlandi.    


   
PRO-liga
33-tur
“Yozyovon-Lochinlari” - “Iftixor”  1:2 (0:0)
Gollar
Zohidbek Ismoilov (1:0), SHuhrat O'rinboev (1:1), Akmal Xolmatov (1:2).
Hakamlar: O.Tolibjonov, O.Umarov, H.Xudoyberdiev.
Zahiradagi hakam: Muhammadsulton Fozilov.
Nazoratchi – Fayzullo Hasanov.
Komissar – B.Mirzaev

«Yozyovon»: 1. Jasur Abdullaev, 2. Mirzohid Mirzamahmudov, 6. Bunyodbek Abdumannonov, 7. Zohidbek Ismoilov, 8. Alisher Fayzullaev, 10. SHaxbozbek Abduraxmonov, 14. SHaxbozbek Abduraimov, 17. Maqsadbek Ibragimov, 18. Zokirjon Nurmatov, 19.Karimberdi  Mamadaliev,  20. Mamurbek Qosimov.
Zaxira: 44. Abrorjon Karimov, 9. Asliddin Aloliddinov, 11.Sardorbek Soliev, 15. Adhamjon Ahmadjonov, 70. Abdulaziz Jo'raboev, 77. Izzatillo Yuldashev.
«Iftixor»: 30. Javohir Qurbonaliev, 5.Yursinali Topvoldiev,  8. Akmal Xolmatov, 13. Umid Matmusaev, 14. Muxiddin Yusupov, 17. Nurillo Mirzajonov, 19. SHuhrat O'rinboev, 23. SHoxruh Yuldashev, 25. Ilhom Aliboev, 77. Said Abdujabborov, 90. G'iyosjon Tursunov.
Zaxira: 16.Xurshid Muhammadov, 4. Asrorbek Tillavoldiev, 9. Asadbek Komilov, 21. SHerzodjon Muhamadjonov, 27. Doniyorbek Ibrohimov.

Bekzod Tolibov tayyorladi.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика