So’nggi yangiliklar

01:12Коке "Атлетико"нинг 2014 йилги чемпионлиги ҳақида: "Ўзимни FIFA ўйинидаман деб ўйладим. Ўшанда "Барселона"да Месси, "Реал"да эса Роналду бор эди, даражани ўзингиз бир тасаввур қилиб кўринг"  0 00:50Биласизми? БАА терма жамоаси футболчиси Ўзбекистонга келса қамоққа олиниши мумкин   3 00:18БАА Тошкентга тўртта йўқотиш билан келди  3 23:45Миллатлар лигаси. Греция, Австрия ва Норвегия жамоалари иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  2 22:58Миллатлар лигаси. Англия, Мальта ва Шимолий Македониядан ғалаба, Лихтенштейн — Гибралтар ўйинида нурсиз дуранг  0 22:40Балотелли А Серия клубига ўтишга яқин  0 22:12Эшитдик-да! Ўзбекистон Лаосга чартер рейсда бориб келади  5 21:59ЖЧ-2026 саралаши. БАА Тошкентга тўлиқ бизнес класслик самолётда учиб келди  7 21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  2 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  10 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  12 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  12

“Yozyovon” hamda “Norin” klublari Pro-Ligadan chetlashtirilishi mumkin Yangiliklar

“Yozyovon” hamda “Norin” klublari Pro-Ligadan chetlashtirilishi mumkin

Teglar :  YozyovonNorinPFL
O'zbekiston Professional futbol ligasi shu mavsumdan boshlab klublar bo'ynidagi har qanday qarzdorliklarga jiddiy etibor berib kelayotgani yaxshi malum.

SHu maqsadda Superliga hamda Pro-Liga klublari bilan 18 iyun kuni ochilib, 15 iyul sanasida yopilgan yozgi transfer oynasida etarli darajada ish olib borildi.

PFL bu borada mavjud 30ta klubni transfer oynasi ochilishidan oldinoq ogohlantirib keldi. Natijada Superliga klublaridan tortib, Pro-Liga jamoalariga qadar PFLga hisobot topshirdi. Yani, klublar bo'ynidagi qarzdorliklar, ularning futbolchi va murabbiylar oldidagi majburiyatlari aniq-tiniq belgilab olindi. Biroq “Yozyovon-Lochinlari” hamda “Norin” klubi rahbariyati na transfer oynasi vaqtida va na undan keyin PFL talabini bajardi.

PFL Superliga klublarining oldiga 1 mart sanasiga qadar, Pro-Liga klublarining oldiga esa 20 aprelga qadar muddat belgilagan bo'lsa-da, jamoalar bu talablarni bajarmadi. SHu boisdan transfer oynasi vaqtida klublar bu masala yuzasidan PFLga tushuntirish berdi. Yani, tashkilot klublarning og'ir sharoitidan kelib chiqib, ularga imkoniyat berishda davom etdi. Faqatgina, klub rahbarlarining kafolat xatidan so'ng.

“Yozyovon-Lochinlari” hamda “Norin” klublari vakillari esa Pro-Ligadagi o'yinlariga bir kun vaqt qolganidagina aloqaga chiqdi. Kafolat xatlari ham faqatgina shu vaqtda taqdim etildi (to'lov muddati sanalari ko'rsatilmagani holda). Futbol klublarining bu qadar beparvoligini oqlash qiyin. PFL o'z komissarlari hamda hakamlarini yuqoridagi klublar ishtirokidagi o'yinlarga yubordi. Boisi, qarzdorlik bartaraf etilsa, ular o'yinni boshlashi kerak edi. PFL to uchrashuvning boshlanish vaqtigacha klublar moliyaviy qarzdorliklarini uzishini kutdi. Biroq klublar bu imkoniyatdan ham foydalana olmadi. SHundan kelib chiqilsa, “Yozyovon-Lochinlari” klubi homiysi Dilmurod Ergashevning PFL borasida aytgan fikrlari mantiqqa to'g'ri kelmaydi.

PFL futbolga o'z sarmoyasini kiritayotgan tadbirkorlar bilan ishlash uchun doimo tayyor. Katta klublarni eplay olmayotgan tadbirkorlar bolalar futboliga sarmoya kiritsa ham, bu borada PFL ular bilan hamkorlik uchun keng eshiklar ochib beradi va o'z yordamini ayamaydi. Biroq Pro-Liga klublari bir necha yillardan buyon shu ahvolda ishlab o'rganib qolgandiki, ayni vaqtdagi qatiy talablar ularga malol kelyapti.

PFL “Yozyovon-Lochinlari” hamda “Norin” klublarini yana bir bor ogohlantiradi. Ish shu zaylda davom etsa, ular keyingi safar Pro-Ligadan muddatidan oldin chetlashtiriladi. Jamoalar homiylari mahalliy stadionlarni yaxshilash, bolalar futboliga sarmoya kiritish, klub tashkil qilishdan oldin, uning infratuzilmasi haqida o'ylaydigan bo'lsa, ular bilan hamkorlik davom ettiriladi. SHuningdek, bu kabi jamoalarga mamlakat 2-ligasida faoliyatlarini davom ettirish tavsiya etiladi.


Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика