So’nggi yangiliklar

14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  0 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  0 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  13 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  4 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  9 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  3 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  14 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  2 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  9 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  3 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  3 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланади  6 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  32 07:35Саудия Пролигаси. "Ал Насср"дан йирик ғалаба. Роналдудан дубл  8 06:55Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 2:1   1

“Yoshlik” – Xorazm viloyati chempioni Yangiliklar

“Yoshlik” – Xorazm viloyati chempioni

Bu yilgi “Xorazm viloyati havaskorlar futbol ligasi-2020”(2-liga) musobaqasi pandemiya sababli qisqa fursatda o'tkazildi.

Uchrashuvlar markazlashgan holda Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasi stadioni va Xorazm viloyati futbol mahorati maktabi maydonida uyushtirildi.

Musobaqaning dastlabki bosqichida 16 ta jamoa “A” va “V” guruhlariga taqsimlangan holda bir davrali tizimda o'zaro kuch sinashishdi. Bosqich o'yinlari yakuniga ko'ra, o'z guruhlarida dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar yarim final juftliklarini hosil qilishdi.

Ushbu bosqichda Urganch shahridagi Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi(direktori Jamoladdin Abdullaev)ning “Yoshlik” jamoasi va “Hazorasp”(Hazorasp tumani) jamoasi ro'para keldi. Bu o'yinda “Yoshlik” futbolchilari g'alaba qozonishdi, 3:2. Ikkinchi o'yinda “Xorazm U-18” jamoasi “Xiva t.”(Xiva tumani) jamoasi ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi.

Hal qiluvchi o'yinlar “Yoshlik” sport majmuasi stadionida tashkil etildi. Xususan, uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda “Hazorasp”lik futbolchilar “Xiva t.” jamoasini 7:1 hisobida engishdi. Finalda viloyat markazining ikki jamoasi “Yoshlik” va “Xorazm U-18” jamoalari ro'para keldi. Tarkibiga Ro'zim Ahmedov, Marks Quramboev, Jamoladdin Masharipov singari tajribali futbolchilarni, iqtidorli yoshlarni jamlagan “Yoshlik” jamoasi raqibini yirik hisobda dog'da qoldirdi, 8:2. SHunday qilib, “Yoshlik” jamoasi 2020 yilgi Xorazm viloyati chempionligini qo'lga kiritdi.

Ushbu jamoaning muvaffaqiyatining yana bir jihati shundaki, unga nafaqat Xorazm vohasida, umuman, respublikamiz futbol ixlosmandlariga ham futbolchi, ham trener sifatida yaxshi tanilgan Vali Sultonov ustozlik qilmoqda.
“Yoshlik” jamoasi futbolchilari birinchilik mobaynida raqiblari darvozasini 49 marta ishg'ol qilishdi. SHundan, Ro'zim Ahmedov – 14 ta, Jamoladdin Masharipov-8 ta, SHohruh Iskandarov – 5 ta, Marks Quramboev, Javlon Egamov, SHohruh Yoqubov, Sirojiddin Xo'jaev – 4 tadan, Sarvar Hajiboev – 2 ta, Nizomaddin Otaniyozov, Bobur Rahimberganov, Baxtiyor Norboev, Mengliboy Jumaboev – 1 tadan gol muallifi bo'lishdi. Ro'zim Ahmedov musobaqaning to'purari sifatida etirof etildi.

Musobaqaning yopilish marosimi qatnashgan Xorazm viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti F.Ermanov so'zga chiqib, yurtimizda sportni rivojlantirish yo'lida olib borilayotgan ishlarning ahamiyati va mohiyati haqida to'xtalib, sovrinli o'rinlarni egallagan jamoalar futbolchilarini erishgan muvaffaqiyatlari bilan qizg'in qutladi. SHundan so'ng, g'olib va sovrindor jamoalarni viloyat hokimligining kubogi, diplomi va qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirladi. SHuningdek, musobaqaning eng yaxshi o'yinchilari va boshqa ishtirokchi jamoalar ham hokimlik tomonidan munosib rag'batlantirildi.


Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика