So’nggi yangiliklar

14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  0 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  0 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   1 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  7 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  16 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  2 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  5 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  13 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  24 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  6

“Yoshlik” jamoasi – Xorazm viloyati hokimi kubogi sohibi Yangiliklar

“Yoshlik” jamoasi – Xorazm viloyati hokimi kubogi sohibi

Urganch shahrida Xorazm viloyati futbol federaciyasi tashabbusi ostida ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan Xorazm viloyati hokimi kubogining 2017 yilgi g'olibi aniqlandi.

Viloyat  markazida qad rostlagan muhtasham “Yoshlik” sport majmuasi o'yingohida tashkil etilgan musobaqada vohaning 13 ta jamoasi qatnashdi. Dastlabki bosqich o'yinlari 4 guruhda olib borildi. Guruh g'oliblari esa yarim final juftliklarini hosil qilishdi.

Yarim finalning dastlabki bahsida Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabining “Yoshlik” jamoasi joriy yili bo'lib o'tadigan “Barkamol avlod” sport o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan “Barkamol avlod-2017” jamoasini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Keyingi uchrashuvda esa Hazorasp tumanining “Jayhun” jamoasi Urganch shahridagi 5-son futbol bo'yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internati futbolchilarini  3:0 hisobida engdi.
Natijada, “Yoshlik”(murabbiyi Vali Sultonov) va “Jayhun”(SHonazar Rahmatullaev) jamoalari hal qiluvchi uchrashuvda o'zaro bahs yuritdi. Ushbu o'yinning asosiy vaqtida g'olibni aniqlashni imkoni bo'lmadi, 2:2. Qo'shimcha vaqtda biroz faol  harakat qilgan V. Sultonov shogirdlari raqiblari darvozasiga yana bitta to'p kiritib, “Yoshlik” jamoasining 3:2 hisobdagi g'alabasini taminlashdi. G'olib jamoa safidan to'plarni Bahodir Rahimov, Temur Bekchanov, Habibulla Matyoqubovlar kiritishdi.

- Jamoamizning yutug'idan juda mamnunmiz, - deydi Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi direktori Jamoladdin ABDULLAEV. – Albatta, ushbu muvaffaqiyatda murabbiylarimizning munosib hissasi bor. Nasib qilsa, mazkur yutuqdan ruhlangan holda iqtidorli futbolchilarni voyaga etkazish yo'lidagi izlanishlarimizni davom ettiraveramiz.

Musobaqaning yopilish marosimida “Yoshlik” jamoasi Kubok va sovg'alar bilan taqdirlandi.

Ikrom  XUDOYBERGANOV.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика