So’nggi yangiliklar

14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  0 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  0 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  5 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  2 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  10 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  8 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  23 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  2 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2

Yoshlar terma jamoasi bilan mundialda ishtirok etgan Xurshid G'iyosov 25 yoshni qarshi oldi Yangiliklar

Yoshlar terma jamoasi bilan mundialda ishtirok etgan Xurshid G'iyosov 25 yoshni qarshi oldi

Bugun tug'ilgan kunini nishonlayotganlar orasida o'zbekistonlik futbolchi, Janubiy Koreyaning ikkinchi ligasi vakili “Anyang” klubi azosi Xurshid G'iyosov ham bor. Futbolchi 25 yoshga qadam qo'ydi.

“Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan futbolchi o'z vaqtida Ravshan Haydarov murabbiyligidagi yoshlar terma jamoamizning asosiy futbolchilaridan biri bo'lgandi. 2014 yil Myanma mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida terma jamoa bilan yarim finalga qadar etib borib mundialga chiqishimizga o'zining hissasini qo'shgan. 2015 yil Yangi Zelandiya yashil maydonlarida tashkil etilgan kichik jahon chempionatida jamoa tarkibidan muqim o'rin egalladi. Senegal bilan yarim final chiptasi uchun kechadigan uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi va raqib futbolchilariga o'z qanotida imkoniyat qoldirmadi.

2016 yil ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida Toshkentning boshqa bir jamoasi “Obod”da ijara asosida bir mavsum to'liq harakat qildi. Keyingi mavsum esa “Bunyodkor”ga qaytib OCHLda bir qator o'yinlarda qatnashdi. Iqtidorli vinger 2018 yil “qaldirg'ochlar”ning ajralmas o'yinchisi sifatida gavdalandi. Mirjalol Qosimov shogirdidan unumli foydalana oldi. O'tgan mavsum esa 12ta gol bilan jamoa to'purarlar orasida birinchi bo'ldi va bronza medallariga ega chiqdi.

Natijada xorijlik skautlar nazariga tushgan yarim himoyachi yangi mavsumda Janubiy Koreyaning “Anyang” klubiga yo'l oldi. O'ylaymizki, murabbiylari Sergey Lushchan, Mirjalol Qosimov, Xikmat Ergashev, Vadim Abramovlarning tavsiyalari va o'gitlarini esdan chiqarmagan holda xorijda munosib to'p tepishiga ishonamiz.


Jasur Jaloliddinov (“Bunyodkor” jamoasi futbolchisi): - Xurshid akamni chin qalbimdan tabriklayman. Sog' va omon bo'lib hayotda bundan ham katta sovrinlarni yutishlariga tilakdoshman. Ular bilan bir yarim yil bir jamoada o'ynaganimdan xursandman. Meni doim qo'llab-quvvatlaganlar. Maydonda ham o'zaro yaxshi kelishib harakat qilamiz. Keyingi faoliyatlarida omad tilayman.

Mirjahon Mirahmadov (“Bunyodkor” jamoasi hujumchisi): Xurshid akani bugungi tug'ilgan kunlari bilan tabriklayman. O'tgan mavsum biz bilan birgalikda katta hajmdagi ishni bajardilar. Ko'plab gollar urdilar, gollarga assistenlik qildilar. Yuqori saviyadagi futbolchi deb ayta olaman. Sog'lik salomatlik va uzoq umr tilayman. Bunday futbolchi hamma jamoaga foyda keltiradi.

Saytimiz nomidan Xurshid G'iyosovga sog'lik va salomatlik, Koreyadagi faoliyati davomida omad tilaymiz!


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика