So’nggi yangiliklar

12:36Ямалдан яна бир натижа: у собиқ жамоадошининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 12:12"Нефтчи" пешқадамга айланди, Файзуллаев дебют қилди, Ашурматов қачон сафга қайтиши аниқ – 21 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   1 12:00Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" - "Бухоро" учрашуви 27 августга кўчирилди  2 11:39Эксперт фикри. Иброҳим Отахонов: "Андижон"га нафақат бугун балки кейинги ўйинда ҳам осон бўлмайди"  0 11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  1 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  1 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  6 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  12 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  14 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  5 07:56Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди  13

Yoshlar ligasi: "Qizilqum" - "Bunyodkor" - 0:2 Yangiliklar

Yoshlar ligasi: "Qizilqum" - "Bunyodkor" - 0:2

Yoshlar ligasining 2-turida "Qizilqum" Toshkentning "Bunyodkor" klubini qabul qildi.
Uchrashuv yosh bunyodkorchilarning keskin hujumlari bilan boshlandi. 7-daqiqada Aziz mamazoitov darvozabon bilan deyarli yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. Ammo unga yakuniy zarba berishda aniqlik etishmadi.

12-daqiqada mezbonlar vakili Bobur Mamirov jamoadoshi Bobur O'roqovni to'p bilan taminladi.  Biroq O'roqov himoyachi qarshisida ojiz qoldi va raqibiga to'pni oldirdi.

25-daqiqada mehmonlar o'z jarima maydonchasi yaqinida Jamshid SHohnazarovga nisbatan qo'pol o'ynashdi. Jarima to'pini Sarvarjon Xolmatov qoyilmaqom qilib amalga oshirdi. Tajribali darvozabon Murodjon Zuxurov katta qiyinchilik bilan to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

29-daqiqada mehmonlar to'pni  burchakdan o'yinga kiritdi. Ruslan Sanaev esa jarima maydonchasida yuzaga kelgan keskin vaziyatni yumshatdi va to'pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirdi.

34-daqiqada Boburjon O'roqov darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. Uning kuchli zarbasini Murodjon Zuhurov qaytarib, darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

39-daqiqada mehmonlar maydonning chap qanotida o'yin qoidasini buzdi. Boburjon Iskandarovning jarima zarbasini Murodjon Zuhurov osonlikcha bartaraf etib, to'pni egallab oldi.

Tanaffusdang so'ng, "Qizilqum" jamoasi murabbiyi Obid Xudoyorov tarkibda bir qator o'zgarishlarni amalga oshirdi. Bu mezbonlar o'yinini bir muncha jonlantirdi. Ammo yuzaga keltirilgan vaziyatni golga aylantirishda ular oqsashda davom etdilar.

50-daqiqada mehmonlar vakili Mirjamol Qosimov darvozadan chamasi 18 metrlar uzoqlikdan jarima to'pini amalga oshirdi.  Uning yo'llagan kuchli zarbasi  mezbonlar darvozasining yuqori burchakidan joy oldi - 0:1.

Futboldagi "Sen urmasang, senga urishadi", degan ibora bu gal ham yana bir bor isbotini topdi.  61-daqiqada mehmonlar yana bir qarshi hujumni golga aylantirishdi. Bu gal Sardor Azimov mezbonlar darvozabonini osonlik bilan dog'da qoldirdi - 0:2.

Uchrashuvning qolgan daqiqalarida tashabbus goh mezbonlar, goh mehmonlar tomoniga o'tib turgan bo'lsa-da, o'yinda hisob boshqa o'zgarmadi.

HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:

2-tur, 21 mart (shanba)

"Qizilqum" (Navoiy) - "Bunyodkor" (Toshkent) - 0:2 (0:0).

Navoiy shahri. "So'g'diyona" stadioni.

Hakamlar:
Baxtiyor Yo'lcharaev (Guliston), Olimjon Abduhalimov, O'ktam Bobomurodov, Nodir Boltaev (barchasi - Navoiy).

Nazoratchi: Dmitriy Roman (Toshkent).

Gollar: Mirjamol Qosimov (50), Sardor Azimov (61)

"QIZILQUM": 12. Dilshod Hamroev, 6. Boburjon O'roqov, 14. Saidjon Hayitov, 43. Jamhurbek Abdujalilov (54. Husniddin Fazliddinov, 52), 44. Bobur Mamirov, 47. Jamshid SHohnazarov (58. Feruz Boboqulov, 46), 51. Boburjon Iskandarov (s), 52. Sevdiyor Hamroqulov, 77. Nodirjon SHaxobiddinov (11. Maruf Tillaev, 72), 87. Ruslan Sanaev (53. Bahodir Qosimov, 46), 90. Sarvarjon Xolmatov (57. Nuriddin Rahmatullaev, 46).

"BUNYODKOR": 25. Murodjon Zuhurov (s), 6. Rustam Ashurmatov, 7. Nodir Mavlonov (14. Vyacheslav Purak, 65), 15. Ergash Ismoilov, 18. SHahzod Abdurahimov, 26. Sardor Azimov (5. Vosit  Rahimov, 81), 23. Nuriddin Hasanov (21. Farhod Namozov, 60), 28. Xurshid G'iyosov, 30. Aziz Mamazoitov (10. Vladislav Nuriev, 70), 44. Mirjamol Qosimov, 59. Javohir Qahramonov (11. Muhammadjon Qahramonov, 76).

Ogohlantirishlar: Boburjon O'roqov (8), Nodirjon SHahobiddinov (15), Nuriddin Hasanov (55), Saidjon Hayitov (74).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика