So’nggi yangiliklar

09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  0 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  0 07:52Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  7 07:24МЛС. Мессисиз "Интер Майами" мусобақа аутсайдерини мағлуб эта олмади  2 07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  58 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  5 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  2 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  10 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  12

Yoshlar ligasi. "Mashal" endi yakka peshqadam Yangiliklar

Yoshlar ligasi. "Mashal" endi yakka peshqadam

Bugun Muborakda Oliy liganing 11 turidan o'rin olgan "Mashal" - "Navbahor" uchrashuvi oldidan yoshlar ligasi bahsi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan hujumlar yomg'irini boshlagan "gazchilar" hisobni ochishga kelganda juda qiyinchilikka uchradi. 12 daqiqada Eldor SHomurodov, 17 daqiqada SHohruh Dostonovlar ochiq darvozani ishg'ol eta olmagan bo'lsa, 40 daqiqada Bahodir Murtozaev jarima maydonchasi ichida aniq harakat qila olmadi. Birinchi bo'limda mehmonlar bir marta ham darvozaga aniq zarba bera olmaganini qo'shimcha qilib o'tish mumkin. "Mashal" yoshlari birinchi bo'limda hisobni ochishga erisha olmadi.

Ikkinchi bo'limni avvalgidan ham keskinroq boshlagan yosh "mashalchilar"  hisobni 55 daqiqaga kelganda ochishga erishdi. Jarima maydonchasi ichida Eldor SHomurodov to'pni Sirojiddin Rahmatullaevga qoldirdi. Rahmatullaev zarbada adashmadi. 1:0 . 67 daqiqada Eldor SHomurodov nihoyat o'z maqsadiga etdi. Ikki himoyachi ichidan o'tib  darvozaning pastgi uzoq burchagini aniq nishonga oldi. 2:0. 75 daqiqada Xolmurod Xolmurodov chap qanotdan etib ke;gan pasni darvozabonni oyoqlari orasidan o'tkazib qo'ydi va hisob 3:0.  80 daqiqada maydonga tushgan SHohjahon Abbosov ham so'nggi daqiqada o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi va hisobni yakuniy 4:0 ko'rinishini taminladi.

SHunday qilib "Mashal" yoshlari 11-turdan so'ng 25 ochko to'plagan holda yakka peshqadamga aylanib oldi.


Yoshlar ligasi,, 11-tur uchrashuvi
5 iyun, payshanba

Mashal (Muborak) – Navbaxor (Namangan)  3:0 (0:0)
Gollar:
1-0 Sirojiddin Rahmatullaev (55), 2-0 Eldor SHomurodov (68), 3-0 Xolmurod Xolmurodov (75), 4-0 SHohjahon Abbosov (90+4)

Hakamlar:
  D. Dosanov (Toshkent), F.Usmonov, K.Rasulov (Qarshi), J.Hamidov (Koson)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
Ogohlantirish: Akbarsho Rashidxonov (90)

"Mashal": Javohir Ilyosov (Akbar Abraev 80), Yunus Ochildiev, Iskandar SHayqulov, Xolmurod Xolmurodov, Sirojiddin Rahmatullaev (Ixtiyor Ahmadjonov 83), Bahodir Murtozaev (Asliddin Abdiev 68), Salamat Qutiboev (SHohjahon Abbosov 80), Eldor SHomurodov (Omonullaxon Mirzaev 75), Qahramon Bahodirov (Eldor Ergashev 46), SHohruh Dostonov (Akmaliy Rahimzoda 46), Otabek SHukurov

"Navbahor": Islom Jo'raev, Durbek Umaraliev, Omon-biin Xalilov (Ibrohim Abdullaev 70), Botir To'raboev (Rahmon O'rinov 46), SHohruh Sayriddinov, Bilol SHarofiddinov (Farruh Toshpo'latov 67), Sobir Hamidov (Aziz Turg'unboev 46), Doniyor Inomov, Sohib Abdullaev (Dilmurod Malikov 64), Sardor Talyakov, Akobirsho Rashidxonov
Zaxira:  Ibrohim Ismoilov,
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика