So’nggi yangiliklar

12:05"Ютқазиш ва хато қилишдан қўрқиб, мухлисларни зериктириб қўйишмаса бўлгани" — Суперкубок олдидан сўз Суперлига матбуот котибларига  0 12:01"Ливерпуль” Алиссон билан шартномани узайтирди  0 11:33"Манчестер Юнайтед" Давид Раумни нишонга олди  0 11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  2 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  4 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  8 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  9 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  21 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  10 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1

Yoqub Mayza: "Bizga O'zbekiston juda yoqdi" Yangiliklar

Yoqub Mayza: "Bizga O'zbekiston juda yoqdi"

Xabar berib o'tganimizdek "Dinamo" safiga ikki nafar nigeriyalik legionerlar kelib qo'shilgan edi.
Kecha "Dinamo" ning "SHerdor" bilan nazorat uchrashuvida mana shu ikki futbolchi "SHerdor" safida maydonga tushdi. SHu fursatdan foydalanib biz ushbu futbolchilar bilan qisqacha suhbatlashdik.

- Salom. Samarqandga kelishingiz haqida aytib o'tsangiz. Bu qanday ro'y berdi?
- O'zbekistonga birinchi bor kelishimiz. Biz uch kishi bo'lib tashrif buyurdik. Men, Loverens va agentimiz. Samarqandga esa kecha keldik. Bunday deyishimizga sabab biz bir oy oldin O'zbekistonga tashrif buyurgan edik. Qaysi jamoa ekanligini aniq bilmayman lekin Birinchi liganing "NBU-Osiyo" uchun atalgan stadionida mashg'ulotlarda qatnashdik. SHundan so'ng mana hozir ko'pchilik taniydigan Samarqand shahridamiz. Bizga shahar juda yoqdi. Kecha faqat bir marta mashg'ulotlarda ishtirok etdik. Hozirda mehmonxonada yashayapmiz.

- Kelishingiz o'zi -o'zidan sodir bo'lmagandir?
- Albatta. Biz avvaldan Devid Oniyani tanir edik. Agentimiz bilan yaxshi ekan. SHu orqali keldik desak ham bo'laveradi. Bu stadion juda ajoyib holatda ekan. Stadion va shahar juda yoqdi.

- Avval ham biron jamoada o'ynagan edingizmi ?
- Avval hech qachon xorijiy chempionatlarda bo'lmaganmiz. Birinchi xorijda o'ynashimiz mumkin. Faqat Nigeriya chempionatida o'ynaganmiz. Terma jamoada esa yo'q.

- Qaysi chiziqda o'ynaysiz odatda?

- Men o'ng qanot yarim himoyasida, Loverns esa markaziy himoyada o'ynaydi.

- Til borasida muammo bo'lmaydimi ?
- Biz ingliz tilida suhbatlasha olamiz. Qiyinchilik tug'dirmaydi deb o'ylayman.

- Yaqinda Afrikadan bir qator futbolchilar O'zbekistonga taklif etilayotganligi va ular Eto'O futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilar ekanligi futbol agenti tomonidan aytilgan edi. Sizlar ham shu akademiyadanmi?

- Yo'q biz Nigeriyadan. U akademiya esa Kamerunda joylashgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика