So’nggi yangiliklar

21:49"Аякс" бош мураббийини истеъфога чиқарди  0 21:21Криштиану нима сабабдан Жотанинг дафн маросимига бормаганини айтди  4 20:55"Goal" ЕЧЛ бош соврини учун асосий даъвогарлар рейтингини тузди  2 20:37Гари Невилл: "Улар қариётган бўлса-да, ҳозиргидан-да яхшироқ ўйнашлари керак"  3 20:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси аниқ бўлди  2 19:56"Брюгге" клуби президенти: "Биргина "Барселона" футболчисининг нархи бутун жамоамизники билан тенг"  5 19:35Ислом бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон Озарбайжонга нақд 13 та гол урди!   6 19:17Суперлиганинг 27-тур учрашувларида ҳакамлик хатолари кузатилдими?  3 18:59Расман: Де Росси А Серия клубида иш бошлади  2 18:32Суарес дисквалификация қилинди  7 18:00"Барселона" Бельгияда мағлуб бўлмагани ҳам аслида бир мўъжиза  6 17:35Исмоил Акинаде: "Бутун эътибортимизни кейинги икки ўйинга қаратамиз ва плей-оффга чиқишга ҳаракат қиламиз"  4 17:04Гвардиола: "Агар яна 1-2 та ғалабага эришсак, умумий босқични кучли саккизликда якунлаймиз"  5 16:35Про лига. "ФарДУ" Нукусда қийин ғалабага эришди  1 16:22"Барселона" мухлислари автобуси ёниб кетди  0

Yo'ldoshev "Navbahor"ga nima uchun kelganini aytdi Yangiliklar

Yo'ldoshev "Navbahor"ga nima uchun kelganini aytdi

"Navbahor" matbuot xizmati o'tgan mavsumni "Dinamo"da o'tkazgan Ibrohim Yo'ldoshevning transferini elon qildi.

Bugun 23 yoshli futbolchi bilan bog'lanib, o'zimizni qiziqtirgan bazi savollarga javob oldik.

— "Dinamo" quyi ligaga tushib ketdi. Bu muvaffaqiyatsizlikning sababi nimada? Jamoa Superliga darajasida kuchaytirilmaganmidi?

— O'ylashimcha, Predrag Roganning ketkazilishi katta xato bo'ldi. Uning qo'l ostida asta-sekin o'z o'yinimizni topib borayotgandik. Yutqazilgan o'yinlarga qarasangiz, aksarida oxirgi daqiqalarda o'tkazilgan gol evaziga imkoniyatni boy berganmiz. 

— Samarqand klubini asosiy himoyachilaridan biri bo'ldiz. 1-davradan keyin murabbiy almashdi. Ammo bu natijalarda sezilmadi. Karlenovich jamoa ichida nimadirlarni o'zgartira oldimi?

— Birinchi javobimning mantiqiy davomini keltiraman. Istalgan murabbiyga 1-2 yil vaqt berilishi kerak. "Dinamo"dagi murabbiylar har 3 oyda almashdi. Fursatdan foydalanib Rogan, SHipilov va Abramovga minnatdorchilik bildiramoqchiman.

— Namanganga o'tish qanday bo'ldi? Taklif kimdan chiqdi?

— Samvel Vyacheslavovich meni o'tgan yil ham o'z jamoalarida ko'rishni xohlagandilar. Lekin u paytda "Dinamo" bilan kelishishga ulgurgandim. Mana, bu yilga nasib qilgan ekan. "Navbahor" futbolchisiga aylandim.

— "Navbahor"da juda kuchli tarkib bor. U erda zaxirada qolib ketishdan qo'rqmaysizmi?

— Ko'z peshonada borini ko'radi. Namanganga futbolchi sifatida o'sish maqsadida keldim. Raqobatdan qo'rqsam, kelmas edim.

— 2023 yil uchun oldizga qo'ygan asosiy maqsadiz qanday?

— "Navbahor"ning muvaffaqiyatlariga o'z hissamni qo'shish. Xudo xohlasa, Namangan xalqiga uzoq kutilgan chempionlikni tuhfa qilamiz...

Malumot uchun, Yo'ldoshev 2022 yilgi mavsumda 28 rasmiy uchrashuvda maydonga chiqib, 1 gol, 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Faxriddin suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика