Yo'l belgisini o'g'irlagan CHL hakamlari 2025 yilning yarmigacha chetlatildi
26 okt 20:06
Yangiliklar
Yo'l belgisini o'g'irlagan CHL hakamlari 2025 yilning yarmigacha chetlatildi
Mast holatdagi ishlari uchun polshalik hakamlar UEFA tomonidan jazolanishdi.
Eslatib o'tamiz, 6 avgust kuni Bartosh Frankovski va Tomash Musyal CHempionlar ligasi o'yinidan avval mast holatda yo'l belgisini o'g'irlashgan. Polsha futbol ittifoqi ularni bir yilga chetlatgan edi.
Juma kuni UEFA intizom qo'mitasi ikkala hakamni "o'zini tutish asosiy qoidalari"ni buzishda aybdor deb topdi.
CHempionlar ligasi va Evropa ligasi o'yinlarida muntazam ishlab kelgan referilar Frankovski va Musyal o'z harakatlar uchun kechirim so'rashdi.
Ular 2025 yilning 30 iyunigacha UEFA turnirlarida ishlay olishmaydi.
Fikrlar