So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Yig'inning birinchi kunidanoq o'z oldimizga aniq maqsad qo'ygandik - Farhod Nishonov Yangiliklar

Yig'inning birinchi kunidanoq o'z oldimizga aniq maqsad qo'ygandik - Farhod Nishonov

2023 yilning mart oyida O'zbekiston yashil maydonlarida 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi final bosqichi uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Unda Osiyoning eng kuchli jamoalari qita birinchiligi va Jahon chempionati yo'llanmasi uchun kurash olib boradi.

O'z o'rnida, O'zbekiston U-20 terma jamoasi ham mezbon sifatida mazkur musobaqaga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Jamoamiz, rejaga muvofiq, musobaqaga qadar bir nechta yig'inlar o'tkazishi, xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi, bir qancha futbolchilarni selekciya qilib borishi rejalashtirilgan.

Sentyabr oyidagi yig'in davomida O'zbekiston U-20 terma jamoasi Urugvayda o'tkazilgan “Maldonado Cup” turnirida ishtirok etib, Braziliya, Argentina va Urugvay yoshlar terma jamoalariga qarshi uchrashuvlar o'tkazdi.

Mazkur davrda Saudiya Arabistonida esa U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichi uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston U-19 terma jamoasi ishtirok etdi. Bu orqali Farhod Nishonov shogirdlarining xalqaro tajribalarini yanada orttirish va ularni rasmiy uchrashuvlarga tayyorlab borish hamda yoshlar terma jamoasiga munosib nomzodlarni saralab olish maqsad qilingandi.

Vakillarimizning turnirdagi ishtiroki ramziy hisoblangan bo'lsa-da, jamoamiz bor imkoniyatini ishga solib, musobaqada maksimal natijani qayd eta oldi. Xususan, yoshlarimiz turnir davomida raqiblar darvozasiga 14 ta to'p kiritib, o'z darvozasidan 2 ta to'p olib chiqdi. Turnir favoritlaridan hisoblangan mezbon — Saudiya Arabistoni U-20 terma jamoasi ham ishonchli tarzda mag'lub etildi.

O'zbekiston 7:0 Maldiv
O'zbekiston 3:0 Myanma
Saudiya Arabistoni 1:2 O'zbekiston
Xitoy 1:2 O'zbekiston

O'zbekiston futbol associaciyasi matbuot va media bo'limi jamoa vakillaridan mazkur yig'in, saralash bosqichidagi ishtirok va keyingi rejalar xususidagi fikrlari bilan qiziqdi.

O'zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov:

— Barchaga malum, Saudiya Arabistonidagi Osiyo kubogi saralash bosqichida qanday natija qayd etishimizdan qatiy nazar musobaqaning final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritib bo'lgan edik. Lekin bu musobaqa biz uchun juda katta ahamiyatga ega edi, sababi, biz keyingi yilgi turnirda nafaqat mezbon balki favoritlardan biri sifatida ishtirok etishni maqsad qilgandik. SHu sababli ham bu bosqichda bor imkoniyatlarimizni namoyish etdik.


— Futbolchilarning jismoniy va ruhiy holatidan qoniqish hosil qildingizmi, oldinda qilinishi kerak bo'lgan qanday ishlar bor?


— Futbolchilarimizning jismoniy holatiga keladigan bo'lsam, ularning ham jismoniy ham ruhiy holatidan qoniqish hosil qildim. CHunki bu yig'inga jismoniy-ruhiy jihatdan tayyor futbolchilar jalb etilgan edi. Reja bo'yicha ish olib bordik, lekin oldimizda qilinadigan ishlar ko'p. Bu yoshlarimiz kelajakda professional futbolchi bo'lishlari uchun biz ham ularning o'zlari ham harakat qilishimiz lozim. Ular individual jihatdan o'sishlari, o'z ustida ishlab borishlari kerak.

— Qaysi o'yinlar siz uchun qiyinroq kechdi, xususan, Saudiya Arabistoniga qarshi tarixiy g'alaba haqida nimalar deya olasiz?


— SHubhasiz eng qiyin bahs Saudiya Arabistoniga qarshi o'yin bo'ldi. Sababi, raqibimiz juda kuchli edi. Tarkibida mahoratli o'yinchilari ham ko'p. SHuning uchun bu o'yinda qiyinchilikka duch keldik, lekin shu o'rinda futbolchilarga rahmat aytib qolaman. Ular maydonda borini berib harakat qilib, oxirigacha kurashdilar. Yig'inning ilk kunidanoq asosiy maqsadimiz Saudiya Arabistonini mag'lub etish edi, buni ustida ishladik. SHu ishtiyoq tufayli ham g'alabaga erishdik, deb o'ylayman.




Jamoa futbolchisi Mirkomil Abdurazzoqov:


— Yaponiyada bo'lib o'tgan yig'indan so'ng bizga yana bir yaxshi imkoniyat taqdim etildi. 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi saralash bahslarida ishtirok etishimiz aytildi. Biz bundan xursand bo'ldik. CHunki bu nimalarga qodir ekanligimiz, qaysi tomonlarda esa ko'proq ishlashimiz kerakligini ko'rsatib berardi.

— Murabbiylar asosan nimalar ustida ishlashdi?


— Murabbiylarimiz yig'inning ilk kunidanoq taktik va jismoniy mashg'ulotlarni olib borishdi. Oldimizda muhim turnir turganligi, biz keyingi bosqich masalasiga chiqqanligimizni unutishimiz shartligini uqtirib kelishdi. SHu tufayli bo'lsa kerak, barcha uchrashuvlarda g'alabaga tashna bo'lib maydonga tushdik.

— Turnirdagi eng qiyin bahs?


— Eng qiyin bahs albatta Saudiya Arabistoni bilan o'tkazilgan o'yin bo'ldi. Bu jamoa har tomonlama kuchli ekanligini, biroq ularni mag'lub etish orqali o'z imkoniyatlarimizni namoyish etishimiz kerakligini bizga aytishdi. O'yin davomida har ikkala tarafda ham yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. Biroq yakunda biz baribir o'yinni o'z foydamizga hal qildik. So'nggi turda Xitoy bilan ham oson bo'lmagan o'yinni o'tkazdik. Birinchi bo'limning oxiriga kelib bir kishi kam qoldik. Lekin o'yinning so'nggigacha biz o'z ustunligimizni namoyish qilib, g'alaba qozondik.




Qayd etish kerak, 20 sentyabrdan Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkentdagi yig'inlarini boshladi. Mazkur yig'inga saralash bosqichida o'z iqtidor va imkoniyatini namoyish eta olgan 3 nafar futbolchi — Rian Islomov, Asadbek Jo'raboev va Asror Kenjaev jalb etildi.

O'zbekiston U-20 terma jamoasi 24-27-sentyabr kunlari Toshkentda Jahon chempionati ishtirokchisi — Slovakiya yoshlar terma jamoasiga o'rtoqlik o'yinlarida qatnashadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика