So’nggi yangiliklar

08:50Sofascore. Кеча гол урган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:22"Андижон" Украина терма жамоаси собиқ футболчиси билан шартнома тузди  0 07:56Гвардиола Ҳусановни жароҳат олганини тасдиқлади  2 07:10Эксперт фикри. Камолиддин Мурзоев: "Навбаҳор"нинг натижаси аянчли, лекин кимнидир ерга уриш ёки кўтариш ноўрин"  1 01:56Ла Лига. "Барселона" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Торрес дубл қайд этди  9 01:53А Серия. "Рома", "Аталанта" ва "Интер"да ғалаба  0 01:29Эрон Про лигаси. "Трактор" меҳмонда "Сепахон"ни мағлуб этди, Ҳамробеков захирадан тушди  2 00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  1 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  26 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  10 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  22 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  59 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1

Yaxshiboev yil davomida qanday natijalarga erishdi? Yangiliklar

Yaxshiboev yil davomida qanday natijalarga erishdi?

Xabaringiz bor, O'zbekiston futbol associaciyasi 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga so'nggi uch davogarni elon qildi – Eldor SHomurodov ("Jenoa"), Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor") va Oybek Bozorov ("Nasaf").

Mavsumni deyarli stabil o'tkazgan Jasurbek Yaxshiboev esa hatto nomzodlar beshligidan ham o'rin ololmadi. Demak, uning yil davomida erishgan natijalarini eslab o'tamiz:

- gol+pas sistemasi bo'yicha Belarus chempionati o'tgan mavsumida eng yaxshi natijani qayd etdi – 22 ochko (16 gol va 6 assist);

- Belarus chempionati o'tgan mavsum to'purarlari ro'yxatida 2-o'rinni egalladi – 16 gol;

- Belarus chempionatida mavsum yakunlariga ko'ra, yil ramziy jamoasidan o'rin oldi;

- Belarus chempionatida mavsum yakunlariga ko'ra, eng ko'p dribling qilgan futbolchilar beshligidan joy oldi – 189 urinish, ulardan 93 tasi samarali

- “Energetik-BGU” safida “yil futbolchisi”, "eng yaxshi legioner" hamda "eng yaxshi hujumchi" nominaciyalarida g'olib bo'ldi;

- “SHaxtyor-Soligorsk” bilan Belarus chempionatida g'olib chiqib, ECHL saralashiga yo'l oldi;

- o'zi harakat qilgan jamoalarda bir necha bor “oy futbolchisi”, “man of the match” etiroflariga sazovor bo'ldi hamda Belarus Oliy Ligasi tomonidan elon qilingan tur ramziy jamoalaridan o'rin olishga ham erishdi.

Klubdagi umumiy statistika:

Belarus chempionati – 27 o'yin, 16 gol, 6 pas;

Belarus Kubogi – 1 o'yin, 2 ta gol;

Evropa Ligasi saralashi – 1 ta o'yin;

Jami – 29 bahsda 24 ochko (18 gol va 6 pas).

Terma jamoa safida Eronga (1:2) qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushib, 45 daqiqa harakat qildi.

Qo'shimcha: Transfermarkt hisob-kitobiga ko'ra, 23 yoshli vingerning narxi 600 ming evrodan 750 mingga ko'tarildi (8 dekabr holati).

Malumot o'rnida, Belarus nashrlarida Yaxshiboev "SHaxtyor" (Soligorsk)ning taqdirlash marosimida ishtirok etmagani aytilgandi, ammo klub rasmiy saytida berilgan fotolarda Jasurni jamoa bilan chempionlikni nishonlayotganini ko'rish mumkin:


Eldor Akmurzaev tayyorladi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика