So’nggi yangiliklar

20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  0 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  0 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  5 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  4 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  8 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  16 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  6 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  5 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0

"Jasur Yaxshiboev yuqori darajadagi futbolchi" - "Energetik-BGU" bosh murabbiyi Vladimir Belyavskiy bilan intervyu Yangiliklar

"Jasur Yaxshiboev yuqori darajadagi futbolchi" - "Energetik-BGU" bosh murabbiyi Vladimir Belyavskiy bilan intervyu

Sezgan bo'lsangiz, so'nggi ikki mavsumga kelib Belarus chempionatida o'ynayotgan futbolchilarimiz soni oshdi.

2020 yil boshida "Energetik-BGU" safiga borib qo'shilgan Jasur Yaxshiboev va SHahboz Umarov ko'p vaqt o'tmasdan o'zlaridan ijobiy taassurot qoldirishni boshlashdi. Bu yilga kelib esa jamoada uch nafar o'zbekistonlik futbolchi to'p tepmoqda. Bobir Abdixoliqov, Doniyor Abdumannopov, SHahzod Ubaydullaev. Qiziq, nima uchun klub hamyurtlarimizga qiziqib qoldi? Futbolchilarimiz uchun Belarus Rossiyadan ko'ra qulay chempionatmi? Biz shu va boshqa savollar bilan jamoa bosh murabbiy Vladimir Belyavskiy bilan bog'lanib suhbatlashdik. 

- Evropadagi sarguzashtlarini aynan "Energetik-BGU" boshlagan Jasur Yaxshiboev bugungi kunda "SHerif"da to'p tepmoqda. U yaqinda ECHLda "Real Madrid" darvozasini ishg'ol qildi. Sizda uning o'yini qanday xulosa uyg'otdi?

- Jasur Yaxshiboev yuqori darajadagi futbolchi. U jamoaimizga kelgan ilk kunlardanoq buni ko'rsatgan. Mashg'ulot uslubimizga tezda ko'nikib ketgandi. Natijada birinchi davradan so'ng Belarus chempionatining eng yaxshi to'purari bo'ldi. Ikkinchi davrada amaldagi chempion Soligorskning "SHaxtyor" jamoasiga yo'l oldi. Meni etiborimni tortgan narsa shu bo'ldiki, o'zbekistonlik futbolchilar jamoaviy o'yinga tezda kirishib ketishlari qiyin kechadi. Bunga jismoniy holat ham sabab bo'lishi mumkin. Yana bir iqtidorli futbolchi SHahboz Umarovda jismoniy jihatdan formaga kirish qiyin kechgan. Lekin o'z ustida ishladi, mashg'ulotlarda ter to'kdi. Hozir mana BATEda o'ynayapti. Umuman olganda futbolchilaringiz bilan aloqalarimiz yaxshi. 

- Jasur Yaxshiboev va SHahboz Umarov "Energetik-BGU"ga kelishidan oldin o'z jamoasida o'yin amaliyotiga ega emasdi. CHunonchi, Umarov AGMKda o'rinbosarlar azosi hisoblanardi. Bunday pallada hamma murabbiy ham darhol ishonch bildirib ketavermaydi...

- Bilasizmi, mashg'ulot va tayyorgarlik ko'p narsani hal qilib beradi. Bunday paytda individual kuchli futbolchilar bilan ishlash bir muncha qiyin bo'ladi. Lekin jamoamizda mashg'ulotlarda 8 nafargacha murabbiy ishlaydi. Futbolchilar bilan shug'ullanadi. Ustida ishlaydi, keraksiz jihatlarni kamaytirishadi. Har birining o'z xarakteri bor. Asosiysi, biz bir-birimizni tilimizni tushuna oldik. 

- Nima deb o'ylaysiz, Belarus o'zbekistonlik futbolchilarga Evropaning kuchli klublariga borish uchun Rossiya yoki Ukrainaga qaraganda qulay chempionatmi? Yani yaxshi trampolinmi?

- Evropadagi ko'p chempionatlarda jismoniy holatga katta etibor qaratilishini juda yaxshi bilasiz. Xususan, "Energetik-BGU"da bu borada ishlanadi. Jasur Yaxshiboevdan tashqari, Ilya SHkurin Moskvaning CSKA jamoasiga ketdi. Hozirda Kievning "Dinamo" klubida harakat qilmoqda. 

- O'tgan mavsum ikkinchi davrasida o'ynagan Xumoyunmirzo Iminovga o'zini ko'rsatishi uchun nima etishmadi?

- Menimcha yana bir yil qolishi kerak edi. Yaxshi va sifatli o'yinchi. Yaxshiboev va Umarov mavsum oldidan o'tkazilgan yig'inlarda qatnashishgandi. Iminov esa ikkinchi davrada kelib qo'shildi. SHu bois biroz qiynaldi. Ammo ortiqcha etirozim yo'q. Aytganimdek yana bir yil qolganida umuman boshqa darajadagi o'yinchiga aylanardi. 

- Ayni paytda "Energetik-BGU" sharafini himoya qilayotgan Bobir Abdixoliqov, SHahzod Ubaydullaev va Doniyor Abdumannopov haqida fikringizni bildirsangiz? 

- Nima desa ekan, mentalitetmi yoki o'zbekistonliklarga hos bo'lgan odatmi, qiynalishadi. O'z vatanlaridan olisda sog'inib qolishadi. Mana shu jarayonni engib o'tish lozim. SHuningdek bu uch futbolchi turli holatda kelgan. SHahzod "SHaxtyor"dan, Bobur esa "Rux"dan safimizga qo'shildi. Yaxshi jismoniy sport formasiga kirib olishsa o'zlarini ko'rsatishlariga ishonaman. Bobur Abdixoliqov Ukrainada deyarli o'ynamadi. O'yin amaliyotisiz qolgan. SHu bois tiklanib olishi zarur. 

- O'zbekistonlik futbolchilarning qaysi jihati sizni qiziqtira oldi?

- To'p bilan ishlash, tezkorlik va texnik tomondan kuchli. Faqat jismoniy holatda oqsash bor, xolos. 

- Futbolning rivojlanishi uchun nima birinchi o'rinda bo'lishi kerak? Pul yoki xohish?

- Birinchi navbatda xohish bo'lishi kerak. Xohish bo'lsa, pul topiladi. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика