Vladimir Bubanya: "Andijon" bilan kechgan scenariyni yana takrorlashni istayman"
15 fev 09:50
Yangiliklar
Vladimir Bubanya: "Andijon" bilan kechgan scenariyni yana takrorlashni istayman"
O'zbekiston chempionatida bir necha yillardan buyon o'ynab kelayotgan serbiyalik himoyachi Vladimir Bubanya yo'llarini Bekobod bilan bog'ladi.
U joriy mavsumda "Metallurg"da to'p tepadi. Uning bu jamoaga o'tishi haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
"Metallurg" jiddiy jamoa ekanligini butun O'zbekiston yaxshi biladi. O'ylaymanki, bu yil oldimizga qo'yilgan vazifani uddasidan chiqa olamiz. Bekobodga Superligani qaytarishimiz kerak.
"Andijon"dagi scenariyni takrorlashni istayman. O'shanda ham jamoa bilan Pro ligadan Superligaga chiqqandik va O'zbekiston kubogini yutgandik. Bu men uchun ideal yakun bo'ladi. Ilhom Mo'minjonovni yaxshi bilaman. Bir-birimizni tushunishda muammo bo'lmaydi",- deydi Bubanya.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar