So’nggi yangiliklar

00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  0 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3

Yashnobodning yana bir muhim g'alabasi Yangiliklar

Yashnobodning yana bir muhim g'alabasi

Futbol bo'yicha Toshkent shahar ikkinchi liga jamoalari o'rtasida “Mustaqillik kubogi - 2018” musobaqasi guruh bosqichi ikkinchi tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Musobaqaning “V” guruhida qatnashayotgan “Yashnobod” futbolchilari navbatdagi bahsda Sergelining LSF jamoasiga qarshi maydonga tushdi. “Obod” suniy qoplamali stadionida o'tgan o'yinda mezbonlar katta shijoat bilan boshlashdi. Dastlab 10-daqiqada  mezbonlardan Azamat Boymatov  uchrashuvda hisobni ochgan bo'lsa, oradan besh daqiqa o'tib,    Bekzod Ahmedov hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. Ko'pchilik o'yinda yashnobodliklarning yirik hisobdagi g'alabasini taxmin qilishayotgan bir pallada tanaffusgacha uchrashuvda boshqa hisob o'zgarmadi.

Ikkinchi bo'limda ham mezbonlar juda ko'plab golli vaziyatlarni yuzaga keltirishgan bo'lsa-da, imkoniyatlardan unumli foydalana olishmadi. Aksincha, “sen urmasang, senga urishadi”, deganlaridek, LSF vakillari raqib darvozasiga yo'l topib, hisobni qisqartirishni uddalashdi — 2:1.

Mazkur o'yinda “Yashnobod” jamoasi quyidagi tarkibda maydonga tushdi:
Boburjon Haydarov, Rasuljon Rahmonberdiev, Islom Ismoilov, Yusuf Aliev, Bekzod Ahmedov, SHokir Beknazarov, Firdavs Kenjaev, Abbos Saidkarimov, Bahodir Daminov, Mirjalol Mirzaev, Azamat Boymatov (s).
Zaxiradan maydonga tushganlar: Rasul SHuhratov, Aziz To'xtamatov, Tohir Isroilov, Ahror Azamatov, Aziz Fayziev, Hojiakbar Oltinov.

“V” guruhining ikkinchi juftligida 16-BO'SM — “Bunyodkor-B” jamoalari o'zaro kuch sinashdi — 2:3.

 


Taqvimga ko'ra, guruhdagi oxirgi tur bahslari 7 avgust kuni bo'lib o'tadi. Unda “Yashnobod” — “Bunyodkor-B”, LSF — 16-BO'SM jamoalari maydonga tushadi. Musobaqa nizomiga ko'ra, guruh g'olibi yarim finalga yo'llanma oladi. Unda “A” guruhi g'olibi “V” kvarteti peshqadamiga qarshi maydonga chiqadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика