So’nggi yangiliklar

00:13Суперлига. "Бунёдкор" – "Динамо" 1:3  0 23:49"Челси" — "Вулверхэмптон". Таркиблар маълум  0 23:38Бундеслига. "Байер" 6:0 ҳисобида ғалаба қозонди, "Бавария" ва "Боруссия Дортмунд" меҳмонда очко йўқотди  0 23:23Отабек Нарзуллаев: "Қарши ҳужум тактикасида ўйнаб ғалаба қозондик"  3 22:55ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди  116 22:17Рўзиқул Бердиев: "Ҳаммага раҳмат, бошқа гапим йўқ"  44 21:51Ўзбекистон терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғинига жалб этилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  23 21:43Илёс Зейтуллаев: "Чемпионат охирига келдик, жамоамизда толиқиш бор"  0 21:25Суперлига. "Қўқон-1912" – "Пахтакор" 0:0  0 21:20"Сандерленд" — "Арсенал". Таркиблар маълум  7 21:16"Атлетико" — "Леванте". Таркиблар маълум  1 21:01Вадим Абрамов: "Самарқанддаги мағлубият аламини олдик"  8 20:31Баҳром Ҳайдаров: "Ҳозирги кунда бир очко ҳам биз учун қадрли"  3 20:12Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди  181 20:00АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасидаги ўйинда тўртта гол урилди  21

Yaponiya U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi: "Dastlabki kichik vazifani bajardik" Yangiliklar

Yaponiya U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi: "Dastlabki kichik vazifani bajardik"

Yaponiya U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Koichi Togashi Saudiya Arabistoni yoshlariga qarshi kechgan bahsdan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etib, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida fikrlaringiz...

- Ilk navbatda, raqib haqida to'xtalib o'tishim lozim, ular bizga biroz o'zgacha yondashdi. Birinchi bo'limda to'pni nazorat qildik, ikkinchi taym so'ngida esa hisobni saqlab qolishga intildik. Guruh bosqichidagi dastlabki ikki uchrashuv qiyin bo'ldi, uchinchi uchrashuvda esa erta gol urib oldik va bu bizga erkinroq o'ynashga imkon berdi. Dastlabki kichik vazifani bajardik.

- Guruhlarda birinchi o'rinni olgan jamoalarning barchasi yuz foizlik natija qayd etishmadi, O'zbekiston so'nggi uchrashuvda durang o'ynadi, Vetnam esa mag'lub bo'ldi. So'nggi uchrashuvda ham g'alaba qozonish uchun futbolchilarga qanday motivaciya berdingiz?

- Men futbolchilarni ruhlantirish kerak deb o'ylamayman, chunki ular juda yaxshi tayyorgarlik ko'rishgan va ularning o'zida katta motivaciya bor, chunki bu turnir muhim ahamiyatga ega ekanligini futbolchilar mendan ko'ra yaxshiroq bilishadi. Endi bor etiborimizni Iordaniyaga qarshi kechadigan bahsga qaratamiz.

- Birinchi va ikkinchi tur bahslarida gol va assistlar qayd etgan Kodai Sano bugun maydonga tushmadi. Sanoni chorak final bahsi uchun asradingizmi?

- Men eng yaxshi tarkibni tanlab oldim, bizda iqtidorli o'yinchilar bisyor va iloji boricha barcha futbolchilarga imkon berishimi kerak. Kodai buni to'g'ri tushunadi deb o'ylayman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика