So’nggi yangiliklar

17:00Сиаваш Ҳақназари: "Бугун очиқ ва ҳужумкор футбол гувоҳи бўламиз"  3 16:37"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси ҳужумчисига қизиқмоқда  2 16:22ЖЧ-2026 саралаши. Австралия иродали ғалабага эришди   1 15:10"Манчестер Сити" Эдерсонга ўринбосар топди  0 14:29"Байер" Вирцни қўйиб юбормоқчи эмас  0 14:00Али Дайининг бенефиси, Абрамовнинг охирги бекати ва "Озоди"даги ягона ғалаба. Эрон билан аввалги ўйинларда қандай натижалар қайд этилган?  43 13:50Милан Шкриньяр қишдаёқ ПСЖдан кетиши мумкин  0 13:31"Персеполис" клуби бугун Ўзбекистон - Эрон учрашувида майдонга тушадиган футболчини судга берди  0 13:13Юсупов 2400 километрни машинада босиб ўтди, Ҳиндистон клуби мусобақадан четлатилди, Тожикистон клуби 2 кун энг тинч мамлакатлардан бири Эронда қолиб кетди...  6 12:39"Ювентус"дагилар Погба клубдан кетишини тасдиқлашди  0 12:20Роналду "Ал Насср" раҳбарлари билан учрашди  7 11:58Бобоси томонидан исми ўзгартирилган, волейбол терма жамоасига чақирилган ҳамда ўзбекистонлик мутахассис кашф этган Сардор Азмун билан яқиндан танишамиз  2 11:38Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйин учун тахминий таркиби  27 11:23"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Сойибов Комроншоҳ  0 10:58"Реал Мадрид"нинг келаси ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  2

Yanvardagi eng qimmat transferlar Yangiliklar

Yanvardagi eng qimmat transferlar

Joriy yil yanvar oydagi transfer mavsumi qiziqarli bo'ldi.

Evropa top-5 liga klublarining o'ziyoq transferlar uchun 700 million evrodan ortiq mablag' sarflab yuborgan. 

Bu erda yakunlangan oyda amalga oshirilgan barcha eng qimmat transferlarni jamladik, bu erda erkin agentlar hisobga o'tmaydi, ular nega biz yo'qmiz deya to'polon qilishmasin.

Kuzatamiz, ushbu qishda "limon" bilan to'ldirilgan eng og'ir chamadon kim uchun jo'natilgan ekan.


Dushan Vlahovich ("Fiorentina" –> "Yuventus", 81,6 mln evro)


Qishning eng qimmat transferi. "Yuventus" hujumdagi muammolarini hal qilish uchun A Seriyaning eng yaxshi to'purarini olib kelmoqda. Vlahovichga "Arsenal", "Man Siti", "Atletiko" va "Tottenxem" kabi klublar davogarlik qilgandi, biroq faqatgina Turin grandi 80 million to'lashga qaror qildi.


Ferran Torres ("Man Siti" –> "Barselona", 55 mln evro)


Ispaniyalik futbolchining Manchesterdagi ishlari ko'ngildagidek ketayotgandi, biroq u Ispaniyaga qaytishga qaror qildi, "Barselona"da unga Xavi loyihasidagi asosiy ijrochilik rolini vada qilishdi. Murabbiyga hujumda istalgan poziciyani to'ldira oladigan futbolchi kerak. Buning uchun katta pul to'lash ham ko'zyoshlarni shashqator qilishga arzimaydi.


Luis Dias ("Portu" –> "Liverpul", 45 mln evro)

"Liverpul" qishda transfer bozoriga kirishni rejalashtirmagandi, ammo yaxshi "xo'rak" chiqib turganda, nega uni ilintirmaslik kerak ekan? Kolumbiyalik futbolchi Klopp jamoasiga hujumda qo'shimcha kuch bo'ladi, ehtimol, Qachondir Sadio Manening o'rnini egallashi mumkin.


Bruno Gimaraes ("Lion" –> "Nyukasl", 42,1 mln evro)

"Nyukasl" egalari uchun buncha soqqani sarflash xo'rozqand uchun chiqarilgan pul kabi qiymatda bo'lsa, ajabmas. Ha, "Lion"ning motori LionAvtoMotors kabi ishlamoqda, ammo Brunoning harakatlari doimo foyda keltirgan — u himoyani mustahkamlashda ham, uzoq paslar orqali oldinga o'tishda ham yordam berdi. Bunday futbolchi bilan jamoa tezda yangi bosqichga chiqishi mumkin.


Kris Vud ("Byornli" –> "Nyukasl", 30 mln evro)

"Nyukasl" ushbu mavsumda APLda atigi 3 ta gol urgan "Byornli"ning tor doiradagi hujumchisi uchun 30 million evro to'lagan. Ha, endi, mullajiring bo'lgandan keyin istaganini olib keladi, deyishingiz mumkin. Ular ham juda ahmoq emas. Transferning asosiy maqoli: "Omon qolish uchun asosiy raqibingni zaiflashtir".


Lyuka Din ("Everton" –> "Aston Villa", 30 mln evro)

CHap qanot himoyachisi "Everton"ning eng kreativ o'yinchilaridan biri bo'lib, ketma-ket ikki mavsum eng yaxshi golli uzatma ijrochisiga aylangandi. Ammo u murabbiy Rafa Benites bilan janjallashdi va klubini o'zgartirdi. "Everton" asosiy o'yinchisini qo'yib yuborgani va bir necha kundan so'ng murabbiyni istefoga chiqargani uchun qorin ushlab kulishni ham, qo'lga dastro'molcha olishni ham bilmaysan kishi.


Vitaliy Mikolenko ("Dinamo Kiev" –> "Everton", 23,5 mln evro)

Din ketganidan keyin "Everton"ga yangi chap qanot himoyachisi kerak edi. Liverpul shahrining jamoasi Vitaliy Mikolenkoni tanladilar, klublar xo'jayinlari Alisher Usmonov va Grigoriy Surkis o'rtasidagi yaxshi munosabatlar kelishuvga erishishga yordam berdi.


Yuri Alberto ("Internasonal" –> "Zenit", 20 mln evro)

Bu RPLning qishki asosiy transferi hisoblanadi. "Internasonal" iqtidorli futbolchini yozgacha saqlab qolmoqchi edi, "Zenit"ning rejalari ham boshqacha edi. Ammo Azmun barchasini ostin-ustun qildi, u kutilmaganda "Bayer" bilan kelishuvga erishdi. SHu bois Alberto Braziliyadan Rossiyagacha 11500 kilometr qo'shig'ini aytib, yo'lga chiqdi.


Rodrigo Bentankur ("Yuventus" –> "Tottenxem", 19 mln evro)

"Spurs" sport direktori Fabio Paratichining ijod mahsuli. Aynan u bir paytlar futbolchini "Yuventus"ga olib kelgandi, hozir esa Londonga qayta olib ketmoqda. 24 yoshli urugvaylik futbolchi Antonio Konte yarim himoyasini kuchaytiradi. Uning jamaodoshi Deyan Kulusevskining Bentankurdan ajralgisi kelmadi, ikki do'st London sari o'z baxtini topgani otlandi.


Xulian Alvares ("River Pleyt" –> "Man Siti", 17 mln evro)

"Manchester Siti" yuksak iqtidorli va ko'p qirrali hujumchini "River Pleyt"dan o'zi uchun arzimas pulga sotib oldi. Alvares yozgacha Argentinada qoladi, ammo keyingi mavsumda u albatta Manchester hujumida "olov"ga aylanishi kutilmoqda.


Rikardo Pepi ("Dallas" –> "Augsburg", 16,4 mln evro)

18 yoshli amerikalik futbolchi Germaniyaga ko'chib o'tdi va bu MLS o'yinchilari orasida eng qimmat transferga aylandi. Pepi allaqachon terma jamoadagi debyutini o'tkazgan, natijalar chakkimas — dastlabki ikki uchrashuvda 3 ta gol va 2 ta golli uzatma. Rikardo Robert Levandovskini o'ziga ko'mir sifatida biladi.


Kiran Tripper ("Atletiko" –> "Nyukasl", 15 mln evro)


Nyukaslning saudiyalik egalari qo'l ostidagi dastlabki yirik xaridi. "Atletiko" va Diego Simeone ingliz futbolchisini qo'yib yuborishni istamagandi. Hozirda angliyalik himoyachi o'ziga tanish murabbiy bilan ishlamoqda va yangilanayotgan jamoani CHempionshipga tushib qolishdan saqlab qolishga harakat qiladi.


Romen Fevr ("Brest" –> "Lion", 15 mln evro)

Franciyalik iqtidorli yarim himoyachiga yozda "Milan" qiziqish bildirgandi, ammo kelishuv amalga oshmadi. Ammo qishda "Lion" Monako akademiyasi tarbiyalanuvchisi bilan kelishib oldi. Joriy mavsumda Fevr Liga 1'da 7 ta gol urdi, bu yaxshi natija.


Den Bern ("Brayton" –> "Nyukasl", 15 mln evro)

"Nyukasl"ning yangi o'yinchisi bolaligidan beri klubda harakat qiladi. Bern ushbu jamoa ishqibozi, Alan SHirer uning kumiri bo'lgan, hattoki yigitcha 11 yoshigacha o'zbekchasiga "Yangi Qo'rg'on" akademiyasida o'qigan, ammo keyinchalik safar xaltasini olib jo'nashga majbur bo'lgan. SHayxlar uni yana ortga qaytardi. Den har qanday mudofaa poziciyasini yopishi mumkin va ligada jon saqlab qolish uchun kurashda albatta yordam bera oladi.


Jonatan Ikone ("Lill" –> "Fiorentina", 14 mln evro)

Arzimas pul evaziga florenciyaliklar Franciyadagi eng iqtidorli hujumkor o'yinchilardan birini o'z safiga qo'shib oldi. "Lill" etakchilaridan biri bo'lgan futbolchi Vlahovichning ketganini bildirmaslikka harakat qiladi.


Vaut Vegorst ("Volfsburg" –> "Byornli", 14 mln evro)

Kris Vud "Nyukasl"ga ketganidan so'ng "Byornli" unga o'rinbosar hujumchi qidira boshladi va "Volfsburg" to'purarini topib oldi, Vegorst hisobida Bundesligada 59 ta, Niderlandiya terma jamoasi safida Evro-2020'da 1 ta gol bor.


Artur Kabral ("Bazel" –> "Fiorentina", 14 mln evro)

"Fiorentina" Vlahovichga SHveycariyadan o'rinbosar topdi. 23 yoshli braziliyalik Artur Kabral joriy mavsumning eng yorqin hujumchilaridan biri sanaladi. U SHveycariya chempionatining eng yaxshi to'purari (14+4) va Konferenciya ligasining ikkinchi to'purari (5 gol) hisoblanadi. Endilikda A Seriyada ham Kabralning ham porlashini kuzatamiz.


Natan Patterson ("Reynjers" –> "Everton", 14 mln evro)

"Reynjers"ning yosh o'ng qanot himoyachisi ushbu mavsumda chempionatda o'nta o'yinni o'tkazib yubordi, lekin baribir "Everton"ni 14 million evrodan voz kechishga majbur qildi. Kelajak uchun investiciya.


David Neres ("Ayaks" –> "SHaxtyor", 12 mln evro)


Neres 2017/18 yilgi mavsumni yorqin tarzda o'tkazdi, "Ayaks" bilan CHempionlar ligasining yarim finaligacha etib bordi. Ammo jarohatlardan keyin Dovud o'z saviyasini yo'qotdi. Endilikda "Ayaks" hujumidagi barcha o'rinlar band bo'ldi, shu bois klub Neres bilan ko'p afsuslanmay xayrlashdi. "SHaxtyor" braziliyalik futbolchini formaga qaytarishiga umid qilmoqda.


Yonas Vind ("Kopengagen" –> "Volfsburg", 12 mln evro)

Zanjirning uchinchi bo'g'ini Kris Vudning "Nyukasl"ga o'tishi bilan bog'liq. Daniyalik hujumchi "Volfsburg"da Vegorstning o'rnini egallaydi. Nemislar yosh va istiqbolli hujumchini muammosiz olib ketishdi va bu transfer bir necha million arzonroqqa tushdi.


Vanderson ("Gremio" –> "Monako", 11 mln evro)

"Gremio" Braziliya A Seriyasidan haydaldi, monakoliklar esa vaziyatdan unumli foydalanishdi. Braziliyalik yosh o'ng qanot himoyachisi tez orada safga qo'shiladi.


Kacper Kozlovski ("Pogon" –> "Brayton", 11 mln evro)

Evropa chempionatlari tarixidagi eng yosh o'yinchi Braytonga 11 million evro evaziga ko'chib o'tdi. Hozircha yarim himoyachi Belgiya chempionati peshqadami "Union"ga ijara asosida o'tadi.


Jan-Filipp Mateta ("Maync" –> "Kristal Pelas", 11 mln evro)

Franciyalik hujumchi London klubida bir yil ijara asosida o'ynadi va 15 o'yinda 3 ta gol urdi. Bu Patrik Viyerani transferni amalga oshirishga ishontirish uchun etarli edi.


Diego Valdes ("Santos Laguna" –> "Amerika", 10,6 mln evro)

Evropa klublarini umuman o'z ichiga olmaydigan yagona transfer. Qolaversa, Valdes hech qachon Evropada ham o'ynamagan. CHililik yarim himoyachi 2016 yildan buyon Meksikada o'ynab kelmoqda va hozirda Meksikaning bir klubidan boshqasiga o'tgan.


Deyan Kulusevski ("Yuventus" –> "Tottenxem", ijara asosida 10 mln evro)


Ushbu transfer oynasi uchun eng qimmat ijara to'lovi: London klubida 18 oy uchun 10 million evro. Istedodli shvedning kelishuvi Deyan malum miqdordagi o'yinlarda qatnashsa yoki "shporlar" CHempionlar ligasiga yo'l olsa, 40 million evrolik majburiy transferni o'z ichiga oladi.


O.A 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика