So’nggi yangiliklar

00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  0 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  3 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  0 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  8 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  13 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  11 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4

Yangilanayotgan "Metallurg" ikkinchi liga klubini mag'lub etdi Yangiliklar

Yangilanayotgan "Metallurg" ikkinchi liga klubini mag'lub etdi

Teglar :  Metallurg
Yangi mavsum tayyorgarligini poytaxtda davom ettirayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi bu galgi hafta yig'inini ham nazorat o'yini bilan yakunladi.

Metallurgchilar poytaxtning “Oqtepa” jamoasi mehmoni bo'lib, 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Jamoa murabbiylari mazkur nazorat uchrashuvida ham asosan “Metallurg” ko'rigida bo'lib turgan yangi o'yinchilarga ko'proq etibor qaratishdi. Birinchi taymda bekobodliklarning amalda asosiy tarkibi bo'lishi kutilayotgan futbolchilari to'liq ustunlikka ega bo'lishdi va mezbonlar darvozasini ikki marta aniq nishonga olishdi. 

Avvaliga Zafar Safaev mezbonlar hujumini bartaraf etib, madanchilarning tezkor qarshi hujumini boshlab berdi. Darvozabondan to'pni qabul qilib olgan Alisher Ziyovuddinov tempni susaytirmasdan Zohid Abdullaevni “Oqtepa” posboni bilan randevuga chiqardi. Birga bir vaziyatdan esa “Metallurg” sardori unumli foydalanib, hisobni ochdi – 1:0.  

Birinchi taym tugashiga besh daqiqa vaqt qolganda esa Islom Isoqjonov qanotda raqib himoyachilarini ortda qoldirib, to'pni jarima maydoni markaziga uzatdi. Alisher Ziyovuddinov Ravshan Yagudin bilan yakkama yakka holatdan unumli foydalandi. Darvozabonni aldab o'tib, o'tkir burchak ostida to'pni darvozaga yo'lladi – 2:0.

Bekobodliklar birinchi bo'limni yirik hisobda o'z foydalariga yakunlashlari ham mumkin edi. Biroq Ravshan Yagudin ikki marta penaltini qaytarishga muvaffaq bo'ldi hamda garchi ikkita to'p o'tkazib yuborgan bo'lsada “taym qahramoni”ga aylandi.

Ikkinchi bo'limda “Metallurg” murabbiylari asosan ko'rikka kelgan yangi o'yinchilar hamda yoshlar tarkibidan qo'shilgan futbolchilarga imkoniyat berishdi. Bu esa o'yinning tenglashishiga olib keldi va jamoalar bu taymda bittadan gol almashishdi. Har ikkala jamoa gollarni 11 mertlik belgidan – jarima to'pidan kiritdi.


“Oqtepa” – “Metallurg”  – 1:3 (0:2). Toshkent. 13 yanvar 2018 yil. Nazorat uchrashuvi.
Hakamlar: 
Olim Tolibjonov, Olim Abduvosilov, Doniyor Saylolov.
Nazoratchi: Marat Ismoilov.
Gollar: Zohid Abdullaev (17), Alisher Ziyovuddinov (39), Timur Hakimov (65-p), Timur Tolipov (78-p).
Amalga oshirilmagan penaltilar: Alisher Ziyovuddinov (12), SHahzod SHaymanov (31).
“Metallurg”: Zafar Safaev, SHerzod Fayziev, Abror Xusinov, Jasur Hasanov, Abror Toshqo'ziev, Jahongir Abdumo'minov, Azamat Roziqov, SHahzod SHaymanov, Islom Isoqjonov, Alisher Ziyovuddinov, Zohid Abdullaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Nikita Ribkin, Muhammadjon Sultonov, Muhammadodil Qahramonov, Alisher Mirzaev, Xudoyshukur Sattorov, Doniyor Hoshimov, Timur Tolipov, Mirto'ra Akbarov, Javohir Musajonov, Abdulla Islomov.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика