So’nggi yangiliklar

09:25Расман. "Бухоро" деярли 2 метрлик легионер футболчи билан шартнома имзолади  0 08:58"Эл класико"да "Барселона"га мағлуб бўлган Алонсо ўйиндан сўнг нималар деди?  3 08:31"Хоразм"нинг ўтган мавсум тўпурари фаолиятини легионер сифатида давом эттиради  1 08:04Флик ғалабадан сўнг нималар деди?  5 08:00Эл класико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  1 07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  2 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  2 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  2 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  236 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  34 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  5 22:12Перес: "Жонажон Жиддага қайтдик"  6 21:13Лапорта: "Саудия Арабистони жаҳон футболининг марказига айланмоқда"  3 21:02Эшитдик-да! Бобир Абдихолиқов “Насаф”га қайтмоқда  16

Intervyu. Zabihillo O'rinboev: "Xavfli zonadan chiqib ketishimizga ishonaman" Yangiliklar

Intervyu. Zabihillo O'rinboev: "Xavfli zonadan chiqib ketishimizga ishonaman"

Bekobodning "Metallurg" jamoasi Superliganing 19-turiga kelib mavsumdagi birinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.

Amaldagi chempion "Paxtakor"ga qarshi kechgan o'yinda jamoa 3:2 hisobida g'alabani tantana qildi. Uchrashuvdan so'ng "Metallurg" hujumchisi Zabihillo O'rinboevni qisqa suhbatga chorladik. 

- Dastlab jarohatdan qaytishingiz haqida gapirib bersangiz. Bu soha bizda tanqidiy talqin qilinadi va mutaxassislar yo'qligi aytiladi. Sizda jarayon qanday kechdi?

- Yashil maydonga qaytishni uzoq kutdim. Xursandchilik va o'zgacha kayfiyat berdi deya olaman, chunki bolaligimdan beri futboldaman. Inson o'zi yaxshi ko'rgan sohaga qaytishi baribir boshqacha ekan. Jarohatdan to'liq forig' bo'lish qiyin kechdi. Sababi jarohatning o'zini engil deb bo'lmasdi. Tiklanishning mayda detallarigacha etibor berish kerak edi. O'zbekistonda mutaxassis yo'q deyishlari qaysidir manoda to'g'ri. O'zim ham bu borada qiynalganman. Davron Hoshimovning tavsiyasi bilan Islom aka Musulmonovning yonlariga bordim. Qaytishimga sababchi sifatida ko'rsatishim mumkin. Sabr bilan, o'zlarining testlarini qo'llagan holda bu jarayondan olib chiqdilar. Intervyudan foydalanib ularga katta rahmat aytaman. 

- "Metallurg" bu mavsumda hujumchisiz muammolarga uchrayotgani ko'rinib turgandi. Yakunda ko'plab ochkolar boy berildi va jamoa jon saqlash yo'liga tushib qoldi. Tashqaridan qanday baho berdingiz?

- Birinchi davrada hujumchisiz qiynaldi demagan bo'lardim. O'yin jihatdan ancha yaxshi shakllangandi. Qaerdadir sovuqqonlik, tajribasizlik kamlik qildi. Baribir ichim achindi. SHu jamoada bir necha yildan beri o'ynayapman. O'ylaymanki, qo'lga kiritilgan g'alaba ruhiy jihatdan ustunlik beradi. Bitta g'alaba kerak bo'lib turgandi. Qolgan o'yinlarda maksimal ochko to'plashga harakat qilamiz. 

- Amaldagi chempion "Paxtakor" ustidan qozonilgan g'alabada nima muhim rol o'ynadi?

- Hozir raqibga qaraydigan ahvolda emasmiz. Ortga yo'limiz qolmagan. Biz uchun har bir o'yin oxirgisi va final hisoblanadi. Faqat oldinga qarashimiz kerak. Samvel Vyacheslavovichning maslahatlari haqida futbolchilarning xabari yo'q. Murabbiylarning o'yinga tayyorlayotgani, futbolchilarning hozirligi natijada muhim ahamiyat kasb etdi. 

- 2:2 hisobidan keyin so'nggi soniyalarda g'alaba qozonish uchun  omad ham kerak...

- Bu futbolning bir qismi. Evropadagi o'yinlarda ham bunday holatlar bo'lib turadi. Bu xudo tomonidan berilgan nasiba deb o'ylayman. Biz raqibdan ko'proq g'alabani istadik. Oxirgi golni omadga bog'lasak to'g'ri bo'ladi. 

- Jamoaning so'nggi o'rinda ekanligi ruhiy jihatdan bosim yuklamayaptimi?

- Futbolchilarga katta bosim yo'q. Hamma vaziyatni, masuliyatni tushunib turibdi. O'zimizdan-o'zimiz qo'lni tashlab taslim bo'lmaymiz. Navbatdagi uchrashuvlarda ham maksimal ochko jamg'arishga harakat qilamiz. Vaziyat o'zgarib ketishi hech gap emas. Barchasi xudodan. Xavfli zonadan chiqib ketishimizga ishonaman.

- Bu intervyuimizdan biroz chetga chiqamiz. O'z vaqtida "Napoli"da ko'rikda bo'lgansiz. Portugaliyadan ham takliflar kelgan. O'sha vaqtda "Bunyodkor" nima uchun futbolchilarni qo'yib yubormasdi?

- "Napoli"ga 2 xaftalik ko'rikka borganman. Bu vaqt ichida futbolga munosabat katta taassurot qoldirgan. O'zim uchun ko'p narsa o'rganganman. Ishtiyoqim oshgan. Portugaliyadan nafaqat menga Akrom, Dostonga ham taklif bo'lgan. "Bunyodkor" o'sha vaqtda OCHLda o'ynar, chempionatda sovrinli o'rinlarga kurashardi. Ketmaganimizga sabab shu deb o'ylayman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика