So’nggi yangiliklar

01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  1 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  3 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  2 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  5 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  5 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  14 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  5 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  5 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  22 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0

"Yangier" ustozi Jahongir Jiyamurodov: "Maqsadimiz Pro ligaga chiqish" Yangiliklar

"Yangier" ustozi Jahongir Jiyamurodov: "Maqsadimiz Pro ligaga chiqish"

O'zbekiston kubogi uchinchi turidan o'rin olgan "Turon" – "Yangier" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jahongir Jiyamurodov matbuot anjumanida qatnashdi.


O'yin haqida

- "Turon" jamoasini tabriklayman. Kubokda Superliga jamoalari bilan bellashyapmiz. Bu yosh futbolchilarimizga maktab bo'ladi. Yigitlarimga rahmat, ularga ikkinchi raqamda o'ynash aytilgandi. Superliga va birinchi liganing farqi bo'ladi. Futbolchilarimiz harakat qilishdi. Uch to'rtta yaxshi imkoniyatimiz bo'ldi, ammo gol ura olmadik. Oxirida esa raqib gol urib ketdi. Yigitlarga esa rahmat. Superliga jamoasiga qarshi munosib harakat qilishdi. Kelajakda "Yangier" jamoasidan Superligaga yaxshi futbolchilar etishib chiqishini niyat qilganmiz. 

- Jamoa tarkibi qanday shakllantirilgan? O'tgan yili U-19 jamoasi shov-shuv ko'targandi. Ulardan qanchasi tarkibga jalb qilindi?

- Ha, U-19 jamoamiz o'tkan yili zo'r qatnashdi. Hozirda tarkibda 3-4 nafar futbolchi aynan o'sha tarkibdan. Bugunning o'zida ularning uchtasi asosiy tarkibda o'ynadi. Undan tashqari, U-19 jamoamizdan 3-4 tasi "Nasaf"da o'ynamoqda. Bu menimcha yaxshi natija. Maqsadimiz ham shu, aslida.

- Superliga jamoasiga qarshi ikkita hujumchi bilan o'ynash haqida izoh bersangiz.

- Vaziyatga qarab harakat qildik. Bizda yosh futbolchilar, ikkinchi raqamda o'ynamoqchi edik. SHu sabab ham bitta hujumchi bilan chiqdik. 

- Ettinchi raqamni o'yinchini o'zgartirish o'zini qanchalik oqladi?

- Toxirni juda yaxshi bilaman. U "Navbahor" safida yurgan, kelajagi bor yigit. Uni almashtirganimga sabab, u charchab qoldi. Toxir biz bilan to'liq mavsumoldi tayyorgarlik jarayonini o'tamagan. 77 raqamli o'yinchimiz ham yig'inda bo'lmagan, bu ularning jismoniy holatida aks etmoqda. Ammo almashtirishlar ham yomon bo'lmadi. Eldor Karimovda ham 2 ta vaziyat bo'ldi. Bu esa 80-90% gol edi. Ular gol urishlari kerak edi. 

- Superliga jamoalari bilan o'ynadingiz. "Yangier" haqida hammada yaxshi taassurot qoldi. Jamoaning birinchi ligadagi maqsadi?

- Maqsadimiz Pro ligaga chiqish. Birinchi liga bir davradan iborat. Maqsadimiz birinchi davraning o'zida Pro ligaga chiqish. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика