So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

"Yangier" bosh murabbiyi Diyor Mirzaboev: "Aqlga sig'maydi, qanday qilib 5 ta himoyachi bilan 3 ta gol o'tkazib yuborish mumkin? Sababini jiddiy surishtiramiz" Yangiliklar

"Yangier" bosh murabbiyi Diyor Mirzaboev: "Aqlga sig'maydi, qanday qilib 5 ta himoyachi bilan 3 ta gol o'tkazib yuborish mumkin? Sababini jiddiy surishtiramiz"

Pro-liganing 17-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Yangier" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Diyor Mirzaboev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida

- Himoyadagi xatolar evaziga gollar o'tkazib yubordik. Jamoaning barcha futbolchilariga bugungi o'yin uchun etirozim bor. Birinchi bo'lim va ikkinchi bo'lim bir-biridan farq qildi. Ikkinchi bo'limda zaxiradan qo'shilgan futbolchilar o'yinni kuchaytirv olishdi deb o'ylayman. Bizda ham golli vaziyatlar bo'ldi, biroq foydalana olmadik.

O'yinga jamoani men tayyorlaganman. Bundan kelib chiqadi-ki, men o'z g'oyalarimga futbolchilarga etkazib bera olmaganman. Vaziyat shu ko'rinishda bo'lsa, ularning o'yinga bo'lgan munosabati tufayli uzoqqa bora olmasligimiz oydinlashmoqda. "Xorazm" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.

- Birinchi va ikkinchi bo'limlar bir-biridan farq qilishi sizning o'yinga tayyorlagan taktik uslubingiz edimi? Tarkib tandashda xatolikka yo'l qo'ydim deb o'ylaysizmi?


- Yo'q, tarkib tanlashda xatolikka yo'l qo'ydim deb o'ylamayman. Balki o'yinga tayyorlagan uslubim xato bo'lgandir. Bugun 5 ta himoyachi bilan o'ynadik, bundan ko'zlangan maqsadimiz gol o'tkazmaslik edi. Aqlga sig'maydi, qanday qilib 5 ta himoyachi bilan 3 ta gol o'tkazib yuborish mumkin? Albatta, buni jiddiy surishtirib tagiga etamiz.

Zaxiradan maydonga chiqqan futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Ular maydonga tushib qo'llaridan kelganicha harakat qilishdi.

- Jamoaning oldiga qanday maqsad qo'yilgan?

- "Yangier"ni qabul qilib olganimda 3 ochko bilan quyi o'rinlarda yurgandi. Rahbariyat bizga kuchli beshlikka kirish vazifasini qo'ydi. SHunga harakat qilayapmiz, ketma-ket o'yinlarda ochkolarni qo'lga kiritdik. Hali oldinda 2 o'yinimiz bor va ushbu imkoniyatlardan maksimal ravishda foydalanishga harakat qilamiz.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика