So’nggi yangiliklar

01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  0 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  2 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  5 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  4 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  14

Yangi mavsumda kuzatish kerak bo'lgan yosh o'yinchilar (mutolaa uchun) Yangiliklar

Yangi mavsumda kuzatish kerak bo'lgan yosh o'yinchilar (mutolaa uchun)

Istiqbolli yoshlar haqida gaplashamiz.

Yangi mavsumdan barchaning umidlari katta. Bu nafaqat butun jamoalar, balki malum bir o'yinchilar, shuningdek yosh futbolchilarga ham taaluqli. Yoshlarni doim diqqat bilan kuzatishadi, sababi ushbu toifadan ko'plab o'yinchilar ehtimoliy yulduzlarga aylanishlari mumkin. Ayrimlari esa bunday mavqeiga allaqachon yaqinlashishmoqda. Bugun yangi mavsumda kuzatish kerak bo'lgan yosh o'yinchilar haqida gaplashamiz.


Moyses Kaysedo ("CHelsi", 21 yosh)

Tayanch yarim himoyachilarga forvardlardek yuqori talab bor. Sababi ushbu poziciyadagi o'yinchilar yuqori baholanmoqda. Londonliklar "Brayton"dan Moyses Kaysedo bilan shartnoma imzolagan holda APL uchun yangi transfer rekordini o'rnatishdi. Bitim narxi 115 mln evroni tashkil etdi. Transfer narxini hisobga olsak, ekvadorlikka yangi mavsumda etibor katta bo'ladi. U "Brayton"da yaxshi o'ynadi, sababi "chaykalar" ham uni yuqori baholashdi. Ammo, "CHelsi" – boshqa daraja. O'yinchining London klubidagi faoliyati qanday borishini kuzatish qiziq bo'ladi.


Riko Lyuis ("Manchester Siti", 18 yosh)

Riko "Manchester Siti" birinchi jamoasida CHempionlar ligasi doirasidagi "Sevilya"ga qarshi o'yinda gol urgan holda yaxshi debyut qildi. Ha, yosh fulbek Premer-ligada ham doim maydonga tushmoqda. Xosep Gvardiola unga chempionlik poygasining avjida o'yin vaqtlari taqdim etishga qo'rqmadi. "SHaharliklar" u bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolagan holda, unga kelajakda ishonch bildirishlarini aniq ko'rsatishdi. Lyuis ham o'z navbatida ishonchni oqlashi kerak. Yangi mavsumda bu uchun unda imkoniyatlar bo'ladi.


Mixaylo Mudrik ("CHelsi", 22 yosh)

Mudrikning "CHelsi"dagi ilk mavsumi unchalik yorqin bo'lmadi, ammo buni jamoaning umumiy holati bilan tushuntirish mumkin. Ha, o'yinchining o'zi ham London klubiga mavsumning murakkab qismi, yani o'rtasida o'tdi. "Ko'klar" joriy yozda barchasini boshidan boshlashmoqda. Har bir futbolchida o'zini ko'rsatish va asosiy tarkibga o'rnashish imkoniyati bo'ladi. Bundan tashqari, Mudrikni qishda "SHaxtyor"dan 70 mln evroga xarid qilishdi. Maurisio Pochettino yoshlarga imkoniyat beradi, hozirgi holatda esa buni qilishga majbur, shunday ekan barchasi Mixayloning o'ziga bog'liq. Ammo, "CHelsi"da raqobat umuman hamma joyda, ayniqsa hujum guruhida yuqori.


Stefan Baychetich ("Liverpul", 18 yosh)

"Liverpul" tarkibni tozalashga shunchalik berilib ketganki, mavsum boshida jamoada birgina tayanch yarim himoyachisi qoldi – bu ham bo'lsa 18 yoshli Stefan Baychetich. Keyinchalik mersisaydliklar safiga Vataru Endo kelib qo'shildi, ammo Baychetich klubda ko'proq vaqtdan beri to'p tepmoqda. Yosh ispanning APLdagi butun tajribasi o'tgan mavsumdagi 11ta o'yindir, ammo u ulardan oltitasida asosiy tarkibda tushdi. Baychetichda tarkibda raqobat pastligini hisobga olsa, asosiy tarkibga kirish uchun noyob imkoniyat bor. Ammo, barchasi o'yinchining o'ziga bog'liq bo'ladi.


Rasmus Xoylunn ("Manchester Yunayted", 20 yosh)

Xoylunning transferi joriy yozdagi eng shov-shuvlilaridan biri bo'ldi. MYU top-ligada atigi 1 mavsum o'ynagan forvard uchun "Atalanta"ga 75 mln evro to'lashdan qo'rqmadi. O'yinchining transfer narxini hisobga olsak, uni Antoni Marsyalning o'rinbosarligi uchun olmaganlari aniq. Daniyalik birdan umidlarni oqlashiga to'g'ri keladi. Rasmusda yoshlar bilan ishlashni yaxshi ko'radigan murabbiy bor. Raqobat ham unchalik katta emas. Xoylunn yaxshi mavsum o'tkazishi mumkin, ammo tezroq adaptaciya jarayonini o'tkazib olishi kerak.


Fabio Miretti ("Yuventus", 20 yosh)

Miretti o'tgan mavsum "Yuventus"ning birinchi jamoasida muntazam ravishda o'ynadi, bu Turin klubi tarbiyalanuvchilari uchun doim ham kuzatiladigan holat emas. Bunga shuningdek sog'ligidagi muammolar sabab mavsumning katta qismini o'tkazib yuborgan Pol Pogbaning jarohati ham sabab bo'ldi. Fabio doim ham o'ziga ishongan holda harakat qilmadi, ammo "byankoneri" uni yangi shartnoma bilan qo'llab-quvvatladi. Bu klubda ijaralarga yuborilayotgan boshqa bir yosh xavbek Nikolo Rovelladan farqli ravishda, unga ishonch bildirilayotganidan dalolat beradi. "Yuventus"ning yozda yangi yarim himoyachilar bilan shartnoma imzolamaganini hisobga olsak, Mirettida asosiy tarkibdan joy olish uchun imkoniyat bor.


Abde Ezzalzuli ("Barselona", 21 yosh)

Abde La Ligada 10ta o'yin o'tkazgan holda, 2021/22 yilgi mavsum "Barselona"ning birinchi jamoasida debyut qildi. Yosh vinger shundan so'ng tajriba to'plash uchun "Osasuna"ga yo'l oldi. Marokashlik hozirda Kataloniya klubi tarkibida va katta ehtimol bilan unga imkoniyat beriladi. Agar poziciya bo'yicha oladigan bo'lsak, uning raqobatchisi faqatgina Ansu Fatidir. Ispanning beqarorligi va umuman kelajagi noaniqligini hisobga olsak, Abdeda o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat bo'ladi. Xavi yosh o'yinchilarga imkoniyat beradi, ammo shu bilan birga barcha ham to'g'ri kelmaydigan yuqori standartlar qo'yadi.


Xavi Simons ("RB Leypcig", 20 yosh)

Simonsni anchadan beri katta iqtidor deb hisoblashadi. U buni rostmanasiga o'tgan mavsumda isbotladi. Niderlandiyalik PSV tarkibida Niderlaniya chempionati doirasida 19ta gol va 8ta assist qayd etdi. PSJ avvaliga o'yinchini o'z tarkibiga qaytardi, ammo ijara asosida "RB Leypcig"ga yubordi. "Buqalar"da yosh va istiqbolli jamoa bor, Xavi u erda Marko Roze qo'l ostida o'z salohiyatini namoyon etishi mumkin. Yosh xavbek Bundesligada yaxshi tekshiruvdan o'tadi.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика