Yangi kelishuvga ko'ra Ronalduning “Al Nassr“dagi maoshi malum
27 iyu 08:52
Yangiliklar
Yangi kelishuvga ko'ra Ronalduning “Al Nassr“dagi maoshi malum
Manbaga ko'ra, Ronaldu yiliga 206 million evro maoshidan tashqari 28,5 million evro bonus oladi, agar forvard shartnomasining ikkinchi yilida klubda qolsa, bu miqdor 44 million evroga oshadi.
Bundan tashqari, endi Ronaldu 38 million evroga baholangan “Al-Nasr” akciyalarining 15 foiziga egalik qiladi. U Saudiya chempionatining “Oltin butsa”sini qo'lga kiritsa, 4,6 million evro, “Al-Nasr” bilan sovrin yutsa, 9,2 million evro bonus oladi. Ronaldu shuningdek, Saudiya kompaniyalari bilan homiylik shartnomalarini imzolaydi, bu esa unga 70 million evrogacha daromad keltirishi mumkin.
40 yoshli futbolchi 16 nafar xodim bilan taminlanadi: uch haydovchi, to'rt nafar xizmatchi, ikki oshpaz, uch bog'bon va to'rt nafar qo'riqchi.
Shu tariqa, 40 yoshli futbolchi yangi ikki yillik kelishuv bo'yicha “Al Nassr“dan 500 million evrodan ko'proq daromad qilishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar