So’nggi yangiliklar

22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  9 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  69 20:49"Ал Васл" — "Бани Яс". Таркиблар маълум  1 20:33"Шарлеруа" — "Антверпен". Таркиблар маълум  0 20:04АПЛ. "Челси" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Лондон дербиси нурсиз дуранг билан якунланди  16 19:55Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Сурхон"ни ишончли ҳисобда енгди  8 19:34"Манчестер Юнайтед" — "Арсенал". Таркиблар маълум  17 18:41Расмус Хойлундга Германиядан даъвогар пайдо бўлди  0 17:43ПСЖ футболчиси АПЛ клуби сафига ўтди  1 16:36"Манчестер Сити" Родриго бўйича қарор қабул қилди  6 16:04ПСЖ форварди АПЛга йўл олиши мумкин  0

“Yangi Alba” yoxud "Barselona" sardori bo'lgan Aleks Grimaldo haqida eshitganmisiz? Yangiliklar

“Yangi Alba” yoxud "Barselona" sardori bo'lgan Aleks Grimaldo haqida eshitganmisiz?

Aleks bolaligidanoq noyob qobiliyati tufayli boshqalardan ajralib turardi.

Alexandro Grimaldo Garsiya Ispaniyaning Valensiya shahrida 1995 yilning 20 sentabrida tavallud topgan. Aleks noyob iqtidori tufayli 13 yoshidan Kataloniyaning mashhur “La Masiya” akademiyasiga qabul qilingan.

Grimaldo 2011 yilning 4 sentyabrida "Kartaxena"ga qarshi "Barselona B" tarkibida debyut qilgan. O'shanda 15 yoshli Aleks Segunda tarixida eng yosh debyutantga aylangandi. Kelasi yilda esa u kataloniyaliklarning asosiy o'ynchisi bo'ldi, biroq tizzasidan jiddiy jarohat oldi. Lekin bu Grimaldo ortga chekinishiga sabab bo'lolmadi. U sog'ayib, oyoqqa turdi va o'z o'rniga qaytdi. Uning urinishlari besamar ketmadi: 2014/15 yil Luis Enrike mavsum oldi uchrashuvlarida ishtirok etishi uchun Aleksni o'z jamoasiga chaqirdi.

Keyingi mavsumda esa Aleks "Barselona B"ning kapitani bo'ldi, ammo dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri Jordi Albaning soyasida qolib ketishi mumkinligidan cho'chib, asosiy tarkibda o'ynashiga vada berayotgan "Benfika"ning taklifiga rozi bo'ldi. Buning evaziga unga tahminan 2 million evro to'lashdi. Aleks hozir 23 yoshda va uning transfer bozoridagi narxi 25 million deb baholanmoqda.

Aleks "Benfika"da darhol o'zini ko'rsatib, “yangi Alba” ekanini isbotlay oldi. Hozirda Grimaldo "burgutlar"ning eng yaxshi o'yinchilaridan biri hisoblanadi. U "Benfika"da  2 marotaba chempion bo'lgan va Portugaliya kubogi, Liga kubogi va Portugaliya superkubogini qo'lga kiritishga ulgurdi.

Bugungi kunda Grimaldo transfer bozoridagi eng ko'p ko'zga tashlanayotgan himoyachilardan biri sanaladi. Mish-mishlarga qaraganda, ko'plab top klublar, xususan "Yuventus", "Bavariya" va "MYU" Aleksga 30-35 million evro to'lashga tayyor. Qahramonimiz esa "Barselona"ga qaytish orzusida yuribdi, ammo Jordi Alba bunga yo'l qo'ymayapti.

Aleks hozircha Ispaniya termasida debyut qilgani yo'q, biroq u U-19 bilan Evropa CHempionati-2012ni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. U U-21 tarkibida ham o'ynagan. Hozirda esa Luis Enrike rahbarlik qilayotgan termaga chaqirishlarini sabrsizlik bilan kutmoqda. SHubhasiz, Aleks Grimaldo — eng iqtidorli himoyachilardan biridir. Yaxshi laterallarga talab kuchli bir davrda Grimaldo eng yuqori darajada o'ynashi uchun hamma tomonlama imkoniyati bor.

Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика