Yana Keyrush mavzusi. Endi unga Misr qiziqyapti
05 iyu 2018 12:48
Yangiliklar
Yana Keyrush mavzusi. Endi unga Misr qiziqyapti
Eronning tehrantimes.com sayti yozishicha, portugaliyalik murabbiy Misr futbol federaciyasi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Hatto federaciyasi rahbari Xani Abo Rid bu haqda jurnalistlarga malumot berishga ulgurgan.
Misr terma jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokini guruh bosqichida yakunlaganidan so'ng Ektor Kuper o'z lavozimini tark etdi. Malumki, Misr JCH-2018dagi hamma o'yinlarda mag'lub bo'ldi. SHundan so'ng federaciya rahbari argentinalik murabbiyni ishdan bo'shatdi.
Endilikda Misr o'ziga yangi murabbiy izlamoqda va nomzodlar orasida eng avvalo Karlush Keyrush tilga olinyapti. Eron FF esa Keyrush tez kunlarda yangi shartnomaga qo'l qo'yishini aytmoqda. Keyrushga qiziqayotganlar orasida JAR bilan Jazoir ham bor. Agar Misr FF Keyrushni olib kela olmasa, unda etiborni Marokash termasi ustozi Xerve Renard va Avstraliyani boshqargan Bert van Marveykka qaratadi.
Fikrlar