So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  23 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Yana ikki kundan keyin boshlanadigan K-liga haqida nimalarni bilamiz? Yangiliklar

Yana ikki kundan keyin boshlanadigan K-liga haqida nimalarni bilamiz?

8 may kuni Janubiy Koreyada navbatdagi mavsumga start beriladi.

Aftidan u erda koronavirus bilan bog'liq vaziyat ancha yumshagan ko'rinadi. SHu bois futbol rahbarlari K-liga bahslarini boshlashga ruxsat berishdi. SHu o'rinda Janubiy Koreya futboli haqida bazi malumotlarni savol-javob shaklida keltirib o'tamiz. 


Savol: K-liganing amaldagi g'olibi kim?

Javob: "CHonbuk Motors". Bu jamoa o'tgan yil o'z tarixida ettinchi bor mamlakat chempioni bo'ldi. 


Savol: 2019 yil yakunlariga ko'ra, K-ligada kim eng yaxshi futbolchi deb topildi?

Javob: CHempionatda 13ta gol urgan va bir nechta golli to'p uzatgan "Ulsan Xyunday" futbolchisi Kim Bo Kyung o'tgan yilning eng yaxshisi deb topildi. 


Savol: Bu qaysi jamoaning stadioni?

Javob: Bu "Inchon Yunayted" klubining uy stadioni bo'lib, 2012 yil may oyida foydalanishga topshirilgan. Stadion o'z bag'riga 20,891 muxlisni sig'dira oladi. 


Savol: K-liga tarixidagi eng yaxshi to'purar kim?

Javob: Li Dong Guk. 41 yoshli futbolchi faoliyati mobaynida K-ligada 224ta gol urgan. 


Savol: K-liga tarixidagi eng yaxshi xorijlik to'purar kim?

Javob: CHernogoriyalik hujumchi Deyan Damyanovich. 38 yoshli Damyanovich hisobida hozircha 189ta gol bor. Bu futbolchi "Tegu" sharafini himoya qilmoqda. 


Savol: Koreya professional ligasi qachon tashkil topgan?

Javob: Koreya professional ligasi 1983 yilda tashkil topgan bo'lib, 1998 yildan beri K-liga deb yuritiladi. 


Savol: K-liga tashkil topishida qaysi klublar asosiy rolni o'ynagan?

Javob: "Jeju Yunayted", "Poxang Stilers" va "Pusan Ipark" klublari asosiy rolni bajargan. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика