Yamal Ronaldu bilan tenglashib oldi
16 may 08:23
Yangiliklar


Yamal Ronaldu bilan tenglashib oldi
“Barselona“ning 17 yoshli vingeri Lamin Yamal “Real“ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduga Ispaniya chempionatida chempion bo'lish bo'yicha tenglashib oldi.
Ikkala futbolchi ham ikki martadan La Ligada g'olib bo'lishgan.
Portugaliyalik futbolchi 2011/2012 va 2016/2017 yilgi mavsumda Ispaniya chempioni bo'lgan. Yamal esa 2022/2023 yilgi mavsum va joriy yil chempionlikni qo'lga kiritdi.
Shu bilan birga, Ronaldu La Ligada 292 ta uchrashuvida qatnashib, 311 ta gol urgan va 95 ta golli uzatmani amalga oshirgan. O'z navbatida, “Barselona“ning 17 yoshli hujumchisi La Ligada 70 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Тогри Бу нарсалар Роналдуга алокаси йок шунчаки Роналду кеп Италия чемпионати уйгонди деганиз кулгули