Yakshanba kungi qahramonlar FOTO
05 okt 2015 12:54
Yangiliklar
Yakshanba kungi qahramonlar FOTO

"Arsenal" - "Manchester Yunayted" 3:0
Qahramon: O'tgan turda uchta gol urgan Aleksis Sanches MYU bilan o'yinda 11 daqiqa ichida 2ta gol urdi. "Kanonirlar" 8 o'yindan so'ng "Manchester Yunayted"ni mag'lub etdi.

"Suonsi" - "Tottenxem" 2:2
Qahramon: Kristian Eriksen ikki marta jarima to'pidan gol urib jamoasiga bir ochko keltirdi.

PSJ - "Marsel" 2:1
Qahramon: Jarohatini davolab bo'lgan Zlatan Ibragimovich "Marsel" bilan o'yinda ikki bor penalti gol urdi va klub tarixida eng ko'p gol urgan Pedru Pauletani ortda qoldirdi.

"SHalke-04" - "Keln" 0:3
Qahramon: Bu mavsum deyarli barcha o'yinlarda gol urayotgan Entoni Modest Gelzenkirxendagi bahsda ham hisobni ochdi.

"Bavariya" - "Borussiya D" 5:1
Qahramonlar: Dortmundliklarning tor-mor etilishida asosiy rolni o'ynagan va ikkitadan gol urgan Tomas Myuller hamda Robert Levandovski.

"Palermo" - "Roma" 2:4
Qahramon: Rimliklar hujumchisi Jervino "Palermo"ga qarshi uchrashuvda o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ydi.

"Yuventus" - "Bolonya" 3:1
Qahramon: Gol urgan va golli pas oshirgan Alvaro Morata Turin klubiga g'alaba keltirdi.

"Lacio" - "Frosinone" 3:0
Qahramon: Rim klubi hujumchisi Filip Jorjevich gol urdi va golli pas oshirdi.

"Milan" - "Napoli" 0:4
Qahramon: Lorenco Insine "San Siro"da dublga erishdi va birinchi golga hammualliflik qildi.

"Ayaks" - PSV 1:2
Qahramon: Gaston Pereyro Amsterdamda mezbonlar darvozasiga ikkita to'p kiritdi.

"Atletik" - "Valensiya" 3:1
Qahramon: Golli pas oshirgan va o'zi ham gol urgan Aris Aduric "Valensiya"ni mag'lub etishda katta xissa qo'shdi.

"Atletiko" - "Real Madrid" 1:1
Qahramon: Keylor Navas o'yin davomida bir necha marta raqib zarbalaridan so'ng to'pni qaytardi. Eng asosiysi birinchi bo'limda Grizmanning penaltisini qaytarishga erishdi.

"Eskishaharspor" - "Beshiktosh" 1:2
Qahramon: Safardagi o'yinda ikkita gol urgan Mario Gomes 6ta gol bilan Turkiya chempionati to'purari bo'lib oldi.
Narzulla Saydullaev
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar