So’nggi yangiliklar

00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  0 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  0 00:10Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" (матнли трансляция)  26 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  1 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8

Xususiy klublarning kelajagi bormi? Ular qachon bemalol faoliyat yuritadi? "Andijon" direktori Ulug'bek Mirzaev bu mavzuga ham to'xtaldi Yangiliklar

Xususiy klublarning kelajagi bormi? Ular qachon bemalol faoliyat yuritadi? "Andijon" direktori Ulug'bek Mirzaev bu mavzuga ham to'xtaldi

So'nggi yillarda xususiy klublar paydo bo'lmoqda. Ammo faoliyati 1-2 yildan so'ng tugayotgani rost.

 Faqat "Turon" mana 5 yildan beri faoliyat olib bormoqda. Xo'sh, bunday klublarning kelajagi bormi? 

— Xususiy klublarni ko'paytirilishiga O'zPFL rahbari Diyor Imomxo'jaev ko'p fikrlar bildiryapti. Ko'rib turibmiz, PFLga ham oson bo'lmayapti. PFL doim yangilikka, jamoalarga engillik qilishga intilib faoliyat ko'rsatyapti. Xususiy klublarga qiyin bo'lmoqda. Ular qachon bemalol faoliyat yuritadi, qachonki futbol faoliyati bilan bog'liq yo'nalishlarda daromad keltirsa. Misol uchun, o'sha kungi yig'ilishda MTRK rahbari Xajaev Alisher Jo'raqulovich ishtirok etdi. U kishiga savol berdim yani qachon klublarimiz televideniedan pul olishadi? CHunki translyaciya huquqlaridan xabaringiz bor, butun dunyoda klublarning 70-80 foiz daromadlari translyaciya huquqlaridan.  Bizda bunday narsa yo'q.PFL harakat qilyapti, yaqin yillar ichida oddiylikdan murakkablikka intilyapti. Sekin-sekin klublarga badal pullari kamaydi, ayollar jamoalaridan badal pullari olib tashlandi. "Fitogether" texnologiyasini bepul taqdim qildi. O'ylaymanki, bundan keyin PFLning klublarga yordam salmog'i oshib boradi. Deylik Coca-Cola`dan tushadigan pullar oz bo'lsada bo'lar. Yoki legionerlarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha imtiyozlar berildi. CHegirmalar qilindi. Buning uchun O'zPFLga minnatdorchilik bildiramiz. Lekin xususiy klublarni ko'ryapsiz turnir jadvalida yuqorida yura olmayapti. Yuqorida yurgan jamoalarning orqasida turgan katta-katta homiylari bor. SHu bois biz ham qattiq harakat qilyapman. Bu borada Ravshan Ermatov bilan uchrashamiz. 


— Nima uchun "O'zavtosanoat"? Eskidan "GMUzbekistan" kompaniyasi "Andijon" homiysi edi. 2017 yil chiqqan Tokio olimpiadasiga oid qarori bilan  "GMUzbekistan" klubimizga biriktirilgan edi. Hozirda kompaniya "Uzautomotors" akcionerlik jamiyati, deb nomlanadi. Agarda "O'zavtosanoat" kiritsa, birdaniga ishimiz engil bo'lardi. Bemalol rahbari bilan shartnoma borasida gaplashib olardik. Maqsadimiz nima, shu kompaniya homiylik qilsa Andijon futbolini ko'tarsak, muxlislarni xursand qilsak. Agarda bu narsalarga erishish qiyin bo'lsa yana jamoa ortga ketaveradi. Xususiy tadbirkorlarning ortida qanchadan-qancha kreditlari bor. Kulib turishgani bilan qancha xarajatlari bor. Katta kompaniya homiylikka olsa jamoa bemalol boshini tik tutgan holda to'p tepishi mumkin.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика