So’nggi yangiliklar

23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  6 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  15 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  404 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  3 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  2 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  5 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  2 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  2

Xurshid Tojiboev: “Biz 2-turda o'zimiz kutgan darajada ochko to'play olmadik” Yangiliklar

Xurshid Tojiboev: “Biz 2-turda o'zimiz kutgan darajada ochko to'play olmadik”

Futzal bo'yicha O'zbekiston Oliy ligasi bellashuvlarining 2-tur bahslari poyoniga etdi.

Xo'sh, ortda qolgan tur yakunlari bo'yicha “Navbahor-Lochinlari” futzal klubi bosh murabbiyi Xurshid Tojiboevning fikrlariga quloq tutdik.

“To'g'risi, biz ortda qolgan o'yinlarga puhta tayyorgarlik ko'rgandik. Afsuski, natijalarimiz biz o'ylagandan ham pastroq bo'ldi. Deylik, birinchi turda 7 ochko to'plashni maqsad qilgandik, biroq 4 ochkoga ega bo'ldik. Ikkinchi tuda esa kuchli jamoalarga qarshi o'yinlar kutib turgandi. SHunga qaramay, darajamizdan kelib chiqib o'ynadik. Qisqasi, dastlabki ikki turda ko'rsatgan o'yinlarimizdan xulosa chiqargan holda keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz.

Mavsum avvalida tarkibga asosan mahalliy futbolchilarni to'pladik. Borlari bilan o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazdik. Hozircha o'yinchilarimiz yomon harakat qilgani yo'q. Ammo kamchiliklarimiz ham bor. Deylik, bizda asosan zal va bazamiz yo'qligi muammo bo'lmoqda.

Bilasiz, bizda asosan mahalliy bollar to'p tepmoqda. Yulduz futbolchilar deyarli yo'q. Tarkibimizdagi bolalarni tarbiyalab, ularni yaxshi klublarga yo'l olishini istaymiz.
Bu yil "Navbaxor – Lochinlari”ga hech qanday vazifa kuyilmagan. Lekin mavsumni ko'tarinka kayfiyatda to'p tepgan holda natijalarimizni yaxshilamoqchimiz. SHu orqali futzalga bo'lgan etiborni oshirmoqchimiz", - deydi Xurshid Tojiboev. 



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика