So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  3 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

Xudo deyishi bilan toshbo'ron qilishdi. Uning ismi Xudoyberdi edi... Yangiliklar

Xudo deyishi bilan toshbo'ron qilishdi. Uning ismi Xudoyberdi edi...

Berdisini aytgunicha, odamlar bir kimsani toshbo'ron qilib o'ldirib qo'ygani qabilidagi gapni eshitgansiz.

Rahmatlining ismi Xudoyberdi edi, odamlar esa Xudo so'zini eshitishlari hamonoq, uni shirk keltirganlikda ayblashdi va toshbo'ron qilishdi.

Zamonamizda birovga tosh otish mumkin emas. Asosan gap otiladi bizda. Biroq holat o'zgarmagan. Maqola yoki video taqdim etilsa, odamlar uni ko'rmasdan turib, sarlavhasiga qarab fikr bildiradi. Bazilar maqolani o'qimaganligini ochiq tan olib, u haqda dadil fikr bildirishda davom etadi, lol qolaman. Ahamiyatli tomoni, mana shundaylarning 99 foizi erkaklardir.

Biror voqea yoki masala yuzasidan fikr bildirish jurnalist uchun qo'l uchida qilinadigan ish emas. Oldin o'rganib, tekshirib, fikr yuritib, keyin ish boshlash yaxshi. Qandaydir maqola ostida muallif noo'rin tanqid qilinayotgan bo'lsa, ko'pga qo'shilib, o'zim ham toshbo'ron qilib ketishdan tiyilaman. Ziyoli, o'zining shaxsiy qarashlari va principlari bor odam fikrida sobit tura oladi, deb hisoblayman. Aytmoqchimanki, toshbo'ron qilish qochmaydi, shunchaki oldin u nima deganini bilishim shart, deb hisoblayman.

Maqolalar ostida qoldiriladigan fikrlar kayfiyatimga yomon tasir ko'rsatadi, ruhiy tushkunlikka tushib qolaman, demayman, buni hamkasblarim yaxshi bilishadi. SHukr, o'rinli tanqidni o'rinsizidan ajrata olaman. Aytishim kerakki, o'zbek futboli haqida ko'p chiqishlar qildim, kimgadir yoqmaydigan narsalar yozdim, kimnidir tanqid qildim. Fikr bildirayotganlar orasida o'sha tanqidlarga duch kelib qolgan odamlarning yo o'zlari yoki yaqinlari ham borki, ular fikr bildirayotganda darhol shaxsiyatdan boshlaydi. CHunki men tomonimdan ularning tomorqasiga tosh otilgan, maqolada nima deyilgani ular uchun ahamiyatsiz, yomon ko'rishdi, vassalom.

Bemalol, tanqid qiling, yomonlang, fikringizni bayon eting, bunga haqlisiz. Barchada tanlov huquqi bor, buni doim hurmat qilaman. Va aytamanki, millionta haqorat kelib tushganida ham, o'z yo'limda davom etaman. Menga ish beruvchi mendan foyda yo'qligini bilib, bo'shatib yubormagunicha shu. Raqobat haqida gap ketganida esa nokamtarlik bo'lsa ham aytaman, o'zimizdagi istalgan futbol jurnalisti bilan raqobatga tayyorman.

Aytmoqchi bo'lganim, hech bo'lmaganda maqolani o'qib, videoni tomosha qilib ko'ring. SHunda fikrlaringiz jilla qursa kulgili bo'lib qolmaydi. Undagi biror bir fikr yuzasidan kimdadir taklif, etiroz bo'lsa, hammasiga javob berishga tayyorman. Tez orada Championat.asia buning uchun imkoniyat yaratib beradi.

Muallif :
Reyting: +86   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика