So’nggi yangiliklar

00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  0 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3

Xotira turnirida "SHo'rtan" yoshlari sovrindor bo'lishdi Yangiliklar

Xotira turnirida "SHo'rtan" yoshlari sovrindor bo'lishdi

Teglar :  SHo'rtan
"SHo'rtan"ning yosh futbolchilari xotira turnirida sovrindorga aylanishdi.

Ikki kun (23-24 fevral) davomida “Nasaf” FK Akademiyasi yashil  maydonlarida nafaqat voha, balki Respublika futboli rivojiga salmoqli hissa qo'shgan fidoiyi inson, o'z davrida Qashqadaryo viloyati hokimi bo'lib ishlagan marhum Nuriddin Zaynievich Zayniev xotirasiga bag'ishlangan birinchi xalqaro xotira turniri bo'lib o'tdi. Unda - “Nasaf” (Qarshi), “SHo'rtan” (G'uzor), “Mashal” (Muborak) hamda “Regar-TadAZ” (Tursunzoda, Tojikiston) kabi jamoalarning 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlaridan iborat futbolchilar ishtirok etishdi.

Dastlabki kuni, yarim finallarda quyidagi natijalar qayd etildi:

“Nasaf” - “Mashal” - 4:1, “SHo'rtan” - “Regar-TadAZ” - 4:2.

Turnirning hal qiluvchi kunida bosh sovrin uchun maydonga “Nasaf” hamda “SHo'rtan” jamoalari tushishdi. Unda turnir mezbonlari 4:0 hisobida zafar quchishdi.

Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida muboraklik futbolchilar g'alaba qozonishdi. 

SHunday qilib, Abdurahmon Yumangulov va Ixtiyor Karimov murabbiyligidagi g'uzorlik yosh futbolchilar Nuriddin Zayniev xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnirda sovrindor bo'lishdi.

“SHo'rtan” PFK matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика