So’nggi yangiliklar

07:16ЖЧ-2026 саралаш. Бразилия қийин ғалабага эришди, Аргентина эса...  0 01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  4 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  20 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  14 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  17 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  74 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  32 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  28 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  113 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  702

Xotini bemorligi tufayli ishini tashlagan murabbiy Daniyani jahon chempionatiga olib chiqdi (Mutolaa) Yangiliklar

Xotini bemorligi tufayli ishini tashlagan murabbiy Daniyani jahon chempionatiga olib chiqdi (Mutolaa)

JCH-2018 saralash bosqichining pley-off raundida Daniya terma jamoasi safarda Irlandiyani 5:1 hisobida mag'lub etib jahon chempionatiga yo'llanma oldi.

Quyidagi maqolada Daniyani jahon chempionatiga olib chiqqan Oge Xareyde haqida gap boradi. Uning Daniyada tugallanmagan ishi qolgandi, endi bo'lsa hammasiga nuqta qo'ydi.

2002 yilning 8 aprelida Oge Xareyde "Brondbyu" bilan shartnomasini uzaytiradi. O'sha mavsum jamoa chempion "Kopengagen"dan besh ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgandi. Keyingi mavsum esa "Brondbyu" uchun omad kelib jamoa mamlakat chempionligiga erishadi. 

Murabbiy bilan shartnomani uzaytirish yaxshi kechmadi. CHunki aksar muxlislar murabbiydan norozi edilar. Kimlargadir uning o'yini yoqmas, bazilar esa uni natija ko'rsata olmaslikda ayblashardi. Natijada ijtimoiy tarmoqlar bizga bunday murabbiy kerak emas degan gaplarga to'lib ketdi. Bundan tashqari, "Brondbyu" UEFA Kubogi bahslarida safarda "Parma" bilan 1:1 o'ynab, uyda ochiq va hujumkor futbol namoyish etgani bois 0:3 hisobida engilib qo'ydi.

"Brondbyu" muxlislarini tushunish birmuncha murakkab, ular jamoani o'z vaqtida shu klubda to'p tepgan murabbiy boshqarishini xohlashadi. Qo'shni skandinaviyalik mutaxassislarga esa sira toqat qila olishmaydi. Oge Xareyde norvegiyalik murabbiy hisoblanadi. 

Jamoa bilan shartnomasini uzaytirgan Xareyde kutilmaganda bir hafta o'tib o'zi istefo beradi. Bunga sabab sifatida murabbiyning bosimni ko'tara olmagani ko'rsatiladi, Daniya gazetalari bu haqda ko'p va xo'b yozishadi. Murabbiy ishdan ketgach ancha payt ko'rinmay qoldi. 

Aslida gap bosimda emasdi. Faqat oradan ikki yil o'tib sirli istefoning sababi o'rtaga chiqdi. "Men Kopengagenda ishlayotganimda xotinim Moldeda davolanayotgandi. "Vayle" bilan o'yin kuni u menga qo'ng'iroq qilib, mazasi yo'qligini va shifokorlar unga saraton xastaligi tashxisini qo'yishganini aytdi. Bu gapni eshitib xayolim uchdi va bir hafta o'zimga kela olmadim. Bu haqda hech kimga og'iz ochmadim, chunki gapirsam Daniya va Norvegiyada hamma shuni mavzu qilib olardi". 

"O'yinchilar men o'zimda emasligimni sezib turishgandi. Nima uchun o'zgarib qolganimni hech kim tushunmasdi. Juda asabiy bo'lib qoldim. Bu esa o'yinga ham tasir qilib, biz ketma-ket uchta uchrashuvni yutqazib qo'ydik. Buyoqda mag'lubiyatlar, u yoqda xotinim betob, nima qilishni bilmasdim. Xotinim kasal holiga qaramay men haqimda ko'proq qayg'urardi, chunki mag'lubiyatga uchrashni sira yoqtirmasligimni bilardi" (Murabbiyning tarjimai-hol kitobidan). 

Jamoa "Midtyullan"ga imkoniyatni boy bergach, Xareyde o'zini bosib tura olmadi. U o'yin yakuniga etishi bilan kiyim almashtirish xonasiga kirib, hammaga baqira ketdi. "Futbolchilar o'shanda butunlay boshqa odamni ko'rishgandi", deb yozgan o'z kitobida. Murabbiy juda asabiy holda futbolchilarga do'q uradi, devorni mushtlaydi, hatto avtobusda jim turmaydi. U uchun endi futbol hech narsa emasdi. Murabbiy shartta hammasidan voz kechib narsalarni yig'ishtiradi va uyiga qaytib ketadi.

Matbuot uni ojiz xarakterlikda ayblab, bir qator tanqidiy maqolalar chop etadi. Odamlar Oge Xareyde kuchli shaxs emas, jamoa mag'lubiyatga uchrashni boshlasa darrov ketib qoladi degan gapga yopishib olishdi. "Mart oyida murabbiyga Angliya klublaridan taklif tushgandi, shundan beri u o'zini osmonda yuribman deb o'yladi va hozirgi jamoasiga etibor bermay qo'ydi". Matbuot u haqida ana shunday yozgandi.

Murabbiy Angliyani ham, boshqasiniyam o'ylamadi, tanqidlarga javob berishni o'ziga ep ko'rmadi. Uning xayolida faqat bir narsa bor edi: tezroq Vataniga qaytib kasalxonaga borish va bemor yotgan xotinini ko'rish. U oila sirini hech kimga malum qilmaslikni xohlagandi. Bu esa hayotda futboldan ham muhim o'rin tutadi.

Oge Xareyde o'z kitobida shunday yozgan: "Hayotda futboldan muhim narsalar ko'p. Bazan sen oylab yoki yillab sir saqlashingga to'g'ri keladi. Hech kimga izoh bermaysan, tanqidlarga javob qaytarmaysan, shunchaki kutasan". U Norvegiyaga kelgach, bir necha oy turmush o'rtog'ining yonidan qimirlamadi. Natijada rafiqasi Annborg Xareyda saratonni engib o'tdi. 

Murabbiyning aytishicha, aynan shu voqea uni yanada kuchli qilgan. U endi odam o'z kasbida muvaffaqiyatga erishish uchun baxtli bo'lish kerakligini tushunib etadi. "Men shaxsiy hayot bilan muvaffaqiyat o'rtasidagi bog'liqlikni yanada ko'proq tushuna boshladim", deya yozgan o'z kitobida. 

Rafiqasi sog'aya boshlagach, Oge yana eng shimarib ishga kirishadi. U jamoada insonlar birinchi o'rinda turishi kerak degan aqida asosida harakat qildi. "Malmyo"ni qabul qilib olgan murabbiy tez orada katta natijalar ko'rsata boshlaydi. Evropa chempionlar ligasida shved klubi "Atletiko" va "Yuventus" kabi "nahanglar"dan ochko tortibga olishga muvaffaq bo'ladi. 

Oge Xareyde o'zining "Futbol, idrok va hissiyot" nomli kitobida rafiqasining xastaligi, o'sha kunlarni qanday o'tkazganiga alohida to'xtalgan. Bu kitob oddiy sportcha kitobga o'xshamaydi. Bunda ko'proq hayot haqida fikr bildirilgan. Murabbiy yoshlar o'rgansin deb hayotning 12ta darsi haqida hikoya qiladi. Bunda qiyinchiliklar bilan kurashish, odamlar bilan yashash, odamlarni boshqarish va eng avvalo ison bo'lib qolish asosiy ahamiyat kasb etgan.

Kitob sotuvga chiqqach, murabbiy Oslo markazidagi kitob do'koniga borib, birinchi kun nechta kitob sotilarkin deya qiziqib ko'radi. Oradan bir soat o'tsa ham hech kim yangi kitobni xarid qilmaydi. Murabbiy kofe ichib o'tirgan mahal kitobning ilk xaridori undan dastxat yozib berishi uchun oldiga keladi. Bu Norvegiya terma jamoasining o'sha paytdagi bosh murabbiyi edi. Keyinroq yana bir kishi kitobni xarid qiladi. Xullas kun bo'yi do'konda o'tirgan murabbiy atigi ikkita odam kitobini sotib olganini ko'radi. "Boshlanishi chakki emas, balki rasmlardan ko'proq bersak bo'larmidi, har holda fotosuratlar ham odamni jalb qiladi", deya xayolidan o'tkazgandi murabbiy o'shanda.

Oradan vaqt o'tdi. 2016 yilning mart oyida Oge Xareyde Daniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bir yarim yildan so'ng esa u terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqdi. Norvegiyalik murabbiyning Daniyada tugallanmagan ishi bor edi, endi bo'lsa bunday ish yo'q.

Rus tilidan X.Xoliqov tarjimasi


Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика