Xose Luis Vilyanueva O'zbekistonni sog'inadi
25 okt 2017 11:09
Yangiliklar
Xose Luis Vilyanueva O'zbekistonni sog'inadi
O'z vaqtida "Bunyodkor" sharafini himoya qilgan chililik futbolchi Xose Luis Vilyanueva esingizdami?
Saytimizning Instagramdagi sahifasi Xosening "Bunyodkor"dagi suratini joylashtirgandi. Suratga bosilgan "layk" va yozilgan izohlardan uni yana O'zbekistonda ko'rish istagi bor muxlislarimiz ko'pligi malum bo'ldi.
O'z o'rnida futbolchining o'zi ham suratga quyidagicha izoh qoldirgan: "Ajoyib mamlakatdagi do'stlarimning barchasiga rahmat. O'zbekistondan ajoyib xotiralar qolgan", - deydi Vilyanueva.
Sizchi? Uning o'yinlarini sog'inasizmi? O'zbekistonda o'ynagan legionerlar ichida qaysi futbolchi o'zidan yorqin taassurotlar qoldira olgan?
Saytimizning Instagramdagi sahifasiga azo bo'ling. U erda turli savollar va tanlovlar, o'zbek futboliga oid ajoyib suratlar berib boriladi.
Fikrlar