Xoland: "Qiziqchi yigit"
19 avg 2024 15:07
Yangiliklar
Xoland: "Qiziqchi yigit"
Kecha APL 1-turi doirasida "Manchester Siti" jamoasi "CHelsi" mehmoni bo'ldi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvda hisobni Erling Xoland Mark Kukurelyani ortda qoldirgan holda ochdi. Uchrashuvdan keyin Xoland Kukurelyaning Erling haqidagi hurmatsizlik qilingan qo'shig'ini yodga oldi.
Evro-2024 dagi chempionlikni nishonlash chog'ida Mark mikrafonni olib muxlislar uchun qo'shiq kuylagan edi. O'sha qo'shiq so'zlarida Xolandga nisbatan hurmatsizlik qilingandi.
"Kukurelya - qiziqchi yigit. O'tgan mavsum u mendan libosimni so'ragan edi, bu yozda esa men haqimda qo'shiq kuyladi", - dedi Xoland.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar