"Xoffenxaym" hujumchisi "Barselona"ga o'tishi mumkin
06 mar 14:12
Yangiliklar
"Xoffenxaym" hujumchisi "Barselona"ga o'tishi mumkin
Kataloniya klubi hujum chizig'ini Germaniyaning "Xoffenxaym" jamoasi forvardi Fisnik Asllani hisobiga kuchaytirmoqchi.
"Diario Sport" nashri malumotlariga ko'ra, klub vakillari Kosovo terma jamoasining 23 yoshli futbolchisi o'yinlarini kuzatib bormoqda.
Xabar qilinishicha, kataloniyaliklar futbolchini yaqin transfer oynasidayoq olib kelish variantini o'rganyapti. Shu bilan birga, hujumchiga boshqa Evropa klublari ham qiziqish bildirmoqda, biroq manbalarning takidlashicha, Asllani faoliyatini aynan "Barselona"da davom ettirishni afzal ko'radi.
Hujumchining "Xoffenxaym" bilan shartnomasida sotib olish summasi taxminan 30 million evro etib belgilangan. Futbolchining nemis klubi bilan amaldagi kelishuvi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar