Xitoyda "katta tozalash": kelishilgan o'yinlar mojarosi sabab o'nlab klublar jazolandi
30 jan 19:05
Yangiliklar
Xitoyda "katta tozalash": kelishilgan o'yinlar mojarosi sabab o'nlab klublar jazolandi
Xitoy hukumati mahalliy futboldagi korrupciya bo'yicha tergovni yakunladi.
Uning natijasida ham klublar, ham malum futbolchilarga nisbatan juda qattiq sankciyalar qo'llandi.
"The Athletic" nashrining xabar berishicha, futbol bilan bog'liq bo'lgan 73 nafar shaxs ushbu sport turida faoliyat yuritishdan umrbod chetlatildi. Ular orasida ilgari "Everton" safida o'ynagan Xitoy milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Li Te, shuningdek, Xitoy futbol associaciyasining sobiq prezidenti Chen Syuyyuan ham bor.
Shuningdek, 13 ta klubdan ochkolar olib tashlanadi. Ularning to'qqiztasi mahalliy Superligada ishtirok etadi. Amaldagi mamlakat chempioni "Shanxay Port" mavsumni minus besh ochko bilan boshlaydi.
Eng qattiq jazolardan biri "Shanxay Shenxua" klubiga qo'llandi. Ushbu klubdan 10 ochko olib tashlandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar