Xitoyda fojia: 18 yoshli futbolchi boshidan jarohat olib vafot etdi
21 mar 2025 13:22
Yangiliklar
Xitoyda fojia: 18 yoshli futbolchi boshidan jarohat olib vafot etdi
"Beyjing Goan" yoshlar jamoasi himoyachisi Go Czyasyuan o'rtoqlik uchrashuvida boshidan qattiq jarohat olishi oqibatida olamdan o'tdi.
Baxtsiz hodisa 6 fevral kuni Ispaniyadagi o'yin vaqtida sodir bo'lgan. 18 yoshli futbolchi komaga tushib qolgan va keyinchalik shifokorlar miya o'limi tashxisini qo'yishgan. Shifokorlarning barcha say-harakatlariga qaramay, futbolchini saqlab qolishning imkoni bo'lmadi.

Czyasyuan 20 mart kuni 19 yoshini nishonlashi kerak edi, biroq u bir kun oldin, 19 mart kuni hayotdan ko'z yumdi.
Umidli xitoylik himoyachi avvalroq "Bavariya"ning xalqaro dasturida ishtirok etgan va 2023 yilda ushbu loyiha doirasida nemis klubi sharafini himoya qilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar