Xitoy U-20 terma jamoasi o'zi mezbonlik qilgan xalqaro turnirda chempion bo'ldi, O'zbekiston esa...
10 iyu 18:38
Yangiliklar
Xitoy U-20 terma jamoasi o'zi mezbonlik qilgan xalqaro turnirda chempion bo'ldi, O'zbekiston esa...
Xitoy yoshlar terma jamoasi koreyalik tengdoshlariga qarshi bahs olib borishdi.
Mezbon xitoyliklar biroz oldin yakuniga etgan bahsda Lyu CHanning 78 va 90-daqiqalarda urgan gollari evaziga Koreyani mag'lub etib, xalqaro o'rtoqlik turniri g'olibiga aylandilar. CHempionlik uchun ularga 7 ochko etarli bo'ldi. Bungacha Xitoy Vetnamni 1:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, O'zbekiston bilan murosa ko'chasini tanlagandi (0:0).
O'zbekiston bugun Vetnamni 2:1 hisobida yutgan bo'lsa, oldingi turlarda Koreya bilan 1:1, Xitoy bilan 0:0 hisobida durang o'ynagandi. SHu tariqa Farhod Nishonov shogirdlari musobaqada 2-o'rinni band etishdi.
Endi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 2 iyulda Qirg'iz Respublikasida o'tkaziladigan CAFA musobaqasida ishtirok etadi.
Fikrlar